A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History o f Afghanistan. - New


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

78 
Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History o f Afghanistan. - New 
York: Facts On File, 2007. - P. 128.


1973-yil oxirida Afg'onistonda Oliy Iqtisodiy Kengash tuzildi 
va ushbu tuzilma mamlakat sanoati va qishloq xo'jaligi tarmoqlari 
faoliyatini rejalashtirish hamda o'zaro muvofiqlashtirish bilan 
shug‘ullanishi m a’lum qilindi. 1973-1977-yillarga mo'ljallangan 
besh yillik dastur o'm iga yangi keng qamrovli va 1976-1982-yillarga 
mo'ljallangan yetti yillik dastur qabul qilindi. Mazkur yetti yillik 
dasturga muvofiq mamlakatda asosan energetika, tog‘-kon sanoati, 
transport sohalariga oid 200 dan ortiq yirik loyihalar amalga 
oshirilishi ko'zda tutilgan edi.
1974-yildan boshlab Muhammad Dovud o 'z hokimiyatining 
huquqiy asoslarini mustahkamlashga kirishdi va hukumatda yangi 
shakldagi Konstitutsiyani ishlab chiqish bo'yicha komissiya ish olib 
bordi va 1977-yilda 13 bob, 136 moddadan iborat Afg'onistonning 
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi79. Mazkur Konstitutsiyaga 
muvofiq, mamlakat parlamentining huquq va vakolatlari kes- 
kin qisqartirildi hamda ijro hokimiyatining huquq va vakolatlari 
ko'paytirildi. Shuningdek, Konstitutsiyada davlat rahbari sifatida 
prezidentga ham keng huquq va vakolatlar berilgan edi. Mazkur Kon- 
stitutsiyaning 1964-yilgi Asosiy Qonundan bunday farq qilishiga 
sabab sifatida ilgarigi parlament va hukumat faoliyatida kuzatilgan 
nomuvofiqliklaming yana takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikni ta’kid­
lab o'tish mumkin.
Muhammad Dovud tomonidan o'm atilgan yangi tartibot 
qanchalik mustahkam bo'lm asin uning boshqaruvi davrida 
mamlakatda yana davlat to'ntarishini amalga oshirishga bo'lgan 
bir necha urinish ro 'y berdi. Jumladan, 1973-yilning dekabrida 
mamlakat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Habibulla Rahmon 
yetakchiligida tayyorlangan davlat to'ntarishi, 1976-yilda general 
Mir Ahmadshoh Rizvoniy boshchiligidagi to'ntarishga urinish 
hamda islom dinidagi radikal oqimlarga tegishli ijtimoiy-siyo­
siy harakatlar tomonidan davlat hokimiyatini egallashga bo'lgan 
urinishlar buning misolidir.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling