A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Dorronsoro, G. Revolution Unending. Afghanistan: 1979 to the Present. -
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Lawrence (Kansas): University Press o f Kansas, 2002. - P. 9.
83 Dorronsoro, G. Revolution Unending. Afghanistan: 1979 to the Present. -
London: Hurst & Co., 2005. - P. 96. 84 The Soviet-Afghan War. How a Superpower Fought and Lost. The Russian General Staff (Translated and edited byLester W. Grau and Michael A. Cress). -Lawrence (Kansas): University Press o f Kansas, 2002. - P. 9. muxolifatiga to‘g‘ridan to ‘g‘ri yordam berish to ‘g‘risida”gi b i rinchi rasmiy direktivani imzoladi. Endilikda Sovet hukumati oldidagi eng muhim masalalardan biri - bu mamlakat chegara oldi hududlarida AQSH tomonidan vujudga keltirilgan radikal islom va separatistik guruhlarning kuchayib borishining oldini olish edi. 1979-yilning yozida Kobulga, juda ko‘p sonli sovet harbiy mutaxassislari keldi. Mamlakatda sodir b o ‘layotgan o ‘zgarishlar va mamlakat rahbariyati o ‘rtasidagi hokimiyat talashishdan Sovet Itti foqi norozi edi va bu holat rasmiy Moskvani e’tiborsiz qoldirmadi. Shu vaqtdan boshlab Sovet Ittifoqi Afg'onistonda mamlakat oliy rahbariyatini o ‘zgartirish yo‘lida keng ko‘lamli tayyorgarlikni boshlab yubordi. 1979-yilning 25-dekabr kuni Kobul va Bagrom aerodromiga 7700 kishilik sovet harbiy xizmatchilarining birinchi guruhi kelib tushdi. Jumladan, Sovet Armiyasining eng yaxshi bo‘linmasi hisoblangan 103-havo-desant diviziyasi Kobulga yetib kelishi bilan AXDP Markaziy Kengashi, Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi va Aloqa vazirligi binolarini egalladi. Poytaxt butunlay sovet qo‘shinlari nazoratiga o ‘tdi. 1979-yil 27-dekabrda sovet qo‘shinlarining maxsus “Alfa” gu ruhi tomonidan H.Aminning rezidensiyasi Toj Bek saroyi hujum qilib egallandi. H.Amin esa Sovet maxsus xizmatlari tomonidan AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB)ning agenti deb taxmin qilinib kelinar edi va ushbu hujum chog‘ida H.Amin o‘ldirildi. Shu kun kechki payt soat to ‘qqizda, 1978-yil aprel to‘ntarilishidan so‘ng AXDP Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan hamda AXDPda guruhlararo kurash natijasida keyinchalik Chexoslovakiyaga elchi bo ‘lib ketgan Babrak Kormal AXDP Markaziy Kengashi Bosh koti bi va Inqilobiy Kengash raisi deb e ’lon qilindi. Shu paytning o ‘zida Sovet qo‘shinlari Afg‘oniston hududiga bostirib kira boshladi va shunday qilib Afg‘onistonni okkupatsiya qilish boshlandi. 1979- yil dekabr to ‘ntarishi va Sovet qo‘shinlarining kiritilishidan so‘ng A fg‘onistonda muxolifat harakati tez sur’atlarda o‘sib bordi. Bunga 1978-yil aprel to ‘ntarishidan so‘ng olib borilgan noto‘g ‘ri ichki siyosat ham turtki bo ‘ldi. Shunday qilib, afg‘on zaminida beqaror vaziyatning avj olishi va AQSHning zimdan aralashuvi bois 1979-yilning 25-dekabridan boshlab Sovet qo‘shinlarining cheklangan kontingenti (SQChK) yoki boshqacha qilib aytganda 40-armiyaning harbiy qism va b o ‘linmalari A fg‘onistonga kiritildi. 1980-yil 7-yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini qattiq qoralab chiqdi va Sovet hukumatidan o ‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan tezda olib chiqib ketish lozimligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi hamda Sovet Ittifoqini agressor davlat deb e ’lon qildi85. 0 ‘sha yil 14- yanvarda BMT Bosh Assambleyasi hech bir shartlarsiz zudlik bilan chet davlat qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketilishiga chaqiruvchi qaror qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyaning qabul qili- nishini yoqlab 104 ta davlat ovoz bergan b o ‘Isa, 18 ta sotsialistik blokka kiruvchi davlatlar bunga qarshi chiqdi hamda Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini qo‘llab-quvvatladi86. 1980-yilning 27-29-yanvar kunlari 54 ta davlat a ’zo boTmish Islom Konferensiyasi Tashkiloti (IKT)ning favqulodda chaqiril- gan sessiyasida ham Sovet qo‘shinlarining A fg‘onistonga bostirib kirishi qoralandi va sho‘roparast ADR hukumatining ushbu tashkilotdagi a ’zoligi to‘xtatildi hamda o ‘z faoliyatida islom dini arkonlariga tayanuvchi mujohidlaming IKT yig‘ilishlarida ishtirok etishiga kelishib olindi87. 1980-yil boshlaridan Sovet qo‘shinlari mamlakat ichidagi harbiy harakatlarga aralasha boshladi, bu esa keyinchalik juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Chunki, Afg‘oniston Demokratik Respublikasi armiyasi jangovorlik ruhiyatini yo‘qotgan va armiya saflaridan qochish (dezertirlik) juda yuqori darajada edi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling