A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


partiyalaming erkinligi Najibullo tomonidan e’lon qilingan “milliy


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)


partiyalaming erkinligi Najibullo tomonidan e’lon qilingan “milliy 
yarashuv” siyosati tufayli hayotga tatbiq etildi.
Faoliyati davomida Najibullo mamlakat bo‘ylab o‘ziga harbiy 
tayanch yaratishga harakat qilgan edi. Ushbu maqsadda afg‘on 
armiyasi saflaridagi millati pushtun bo‘lmagan qo‘mondonlami 
qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Bunday qo‘mondonlardan biri millati 
o‘zbek Abdurashid Do‘stum bo‘lsa, ikkinchisi shia oqimiga e’tiqod 
qiluvchi Sayid Mansur Nodiriy edi. Ushbu harbiy qo‘mondonlar 
ostidagi kuchlar Kobul-Hayraton avtomagistralini va mamlakatning 
shimolidagi iqtisodiy rivojlangan hududlami himoya qilar edi. Sovet 
harbiylari mamlakatni tark etgach, Najibullo hukumati ixtiyorida


mamlakat shimolidagi hududlami himoya qilish uchun yetarlicha 
harbiy kuch qolmagan edi. Shu sababli Najibullo yuqoridagi ikki 
qo‘mondonga mamlakat shimolidagi hududlarda hokimiyatni 
boshqarish vakolatini bergan edi.
Abdurashid Do‘stum markazi Mozori Sharif shahri bo‘lgan 
shimoldagi ko‘pgina hududlami nazorat qilar edi. Said Mansur No- 
diriy esa Bag‘lon viloyatida o‘z hokimiyatini o‘matib, boshqaruvni 
qo‘liga olgan edi. A.Do‘stumning harbiy kuchlari Najibulloga 
qo‘zg‘olon va notinch vaziyatlarda katta yordam qilib kelar edi. Shu 
sababli, 1986-yilda Abdurashid Do‘stum Vatan oldidagi xizmatlari 
uchun “Afg‘oniston Demokratik Respublikasining Qahramoni” 
unvoniga sazovor bo‘lgan edi. Do‘stumning siyosiy sahnaga keli- 
shi 1988-yilda yuz berdi. Shu yili Qandahorda mujohidlar va 
hukumat qo‘shinlari o‘rtasida katta jang bo‘lib o‘tdi. A.Do‘stum o‘z 
qo‘mondonligi ostidagi 53-diviziyasi bilan Qandahor mojarosiga 
aralashdi va hukumat qo‘shinlari bostira olmagan Qandahor 
qo‘zg‘olonini bostirdi. Shundan so‘ng Do‘stum xalq orasida tanildi 
va mamlakat siyosiy hayotida bevosita ishtirok eta boshladi.
Mujohidlar bilan kelishuvga erisha olmagan Kobul hukumati 
muxolifat saflaridan chiqib alohida siyosat yuritayotgan islo- 
miy guruhlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qildi. Bu borada 
muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan Najibullo hukumati bir qator 
kichik guruhlar bilan aloqa bog‘lab, ular bilan harbiy harakatlami 
to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Hukumat ularga ko‘plab 
moddiy yordam ham berilishini va’da qildi. Shundan so‘ng, Kobul 
hukumati bir qator yutuqlarga ega bo‘ldi. Xususan, Najibullo xalq 
orasida katta hurmatga sazovor bo‘ldi.
Navbatdagi vazifa mamlakatning janubiy, janubiy-sharqiy 
hududlarida yashovchi qabila xonlari bilan aloqa o‘matish edi. 
Ammo, bu tadbir Najibulloga o‘zi kutganidek natija bermadi. 
Hukumat bilan kelishuv imzolagan ko‘pchilik qabila xonlari mod­
diy yordam olgach, uni joylarda o‘z hokimiyatini mustahkamlashga 
qaratib, so‘ngra yana muxolifat kuchlar tomoniga o‘tib ketdilar. 
Ba’zi qabila boshliqlari bir vaqtning o‘zida ikki tarafga ham xizmat


qildilar. Harbiy guruhlar boshliqlari bilan aloqa kuchaytirishga 
harakat qilgan Kobul hukumati bu orqali joylarda militsiya xizmatini 
shakllantirishni ham yo‘lga qo‘ydi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling