A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
XX ASR OXIRIDA AFG‘ ONISTONDAGI SIYOSIY
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afg‘oniston Islom Davlati
XX ASR OXIRIDA AFG‘ ONISTONDAGI SIYOSIY,
IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT Sovet qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan so‘ng Afg‘onistonda tinchlik o‘matilmadi va ikki buyuk davlat (AQSH va Sovet Ittifoqi) ning Afg‘onistondagi manfaatlari to‘qnashuvi saqlanib qoldi. Ush bu manfaatlar to‘qnashuvi endilikda prezident Najibulloning 130 mingga yaqin qo‘shini bilan AQSH va Pokiston tomonidan qo‘llab- quvvatlanayotgan 150 ming kishidan iborat muxolifatchi guruhlar o‘rtasidagi jangovar harakatlar tarzida davom etdi. 1979-1989-yillardagi afg‘on urushi Sovet Ittifoqidagi iqtisodiy va siyosiy inqirozning jadallashishiga, Sovet davlatining parcha- lanishiga va kommunistik rejimning barbod bo‘lishiga ham sabab bo‘ldi. 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshida dunyo siyosiy manzarasining keskin o‘zgarishi sharoitida Sovet Ittifoqidan kelib turgan katta hajmdagi ko‘makdan ajralib qolgan Najibulloning Afg‘onistonda hokimiyatni boshqarishi o‘ta mushkul vazifaga aylana boshladi. Sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni 1989-yilda tark etgan bo‘lsa ham, Kobuldagi sho‘roparast hukumatni har tomonlama qo‘llab- quvvatlab turish maqsadida Sovet hukumati Najibulloga moddiy ko‘mak berib turdi. 1989-yil fevraldan boshlab Sovet Ittifoqi har kuni Kobul yaqinidagi Bagram harbiy aerodromiga 2-3 ta yirik transport samolyotlarida qurol-aslaha, kiyim-kechak, yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib turdi. Bu, albatta, Kobul re- jimining hayotiyligini ta’minlovchi muhim omil edi. 1991-yilning avgustida Sovet Ittifoqida ro‘y bergan davlat to‘n- tarishini amalga oshirishga bo‘lgan urinish Sovet davlatining parcha- lanishiga olib keldi. Mazkur parchalanish oqibatida Kremlda rasmiy hokimiyatni qo‘lga kiritgan B.Yelsin (1991-1999) boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi hamda AQSH hukumati o‘rtasida 1991-yilning sentabrida imzolangan shartnomaga ko‘ra, 1992-yil 1-yanvardan boshlab Afg‘onistondagi Najibullo hukumatiga qurol-yarog‘ va boshqa turli ko‘makning yetkazib berilishini to‘xtatishga keli- shib olindi. Rossiya Federatsiyasi AQSH bilan tuzilgan mazkur kelishuvga qat’iy amal qilgan bo‘lsa-da, rasmiy Vashington afg‘on mujohidlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi. Shu bilan birga, Pokiston, Saudiya Arabistoni va ba’zi davlatlar esa mujohidlarga qurol-yarog1 yetkazib berishda davom etdilar. Rasmiy Moskvaning Najibullo hukumatini qo‘llab-quvvat- lashdan butkul voz kechishini mujohidlar katta xursandchilik bilan kutib oldilar va Jalolobod, Xost, Qandahor, Kobulda hamda Salang tunnelida keng ko‘lamli hujumga o‘tdilar. Hukumatning harbiy harakatlarda sustligi, muammoni kuch bilan hal qilishga bo‘lgan ishonch, afg‘on armiyasi orasida muxolifatning buzg‘unchilik faoliyatining oshib borishi, iqtisodiy holatning yaxshilanishiga nisbatan umidning yo‘qolishi Najibullo hokimiyatining qulashiga olib keldi. 1992-yilning bahoriga kelib BMT tomonidan afg‘on muammo- sini bartaraf etish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Afg‘oniston Respublikasi prezidenti va uning hukumati a’zolarining iste’foga chiqishi, umumiy demokratik saylovlami tashkil etish va o‘tkazish bo‘lgan muvaqqat betaraf hukumat tuzilishi nazarda tu- tilgan edi. 1992-yil 18-mart kuni Najibullo tuzilajak muvaqqat hukumatga hokimiyatni topshirish taklifi bilan chiqdi va 16-aprel kuni lavozimidan ketdi. Aynan shu davrda Pokiston va Eronda uzoq yillardan beri Afg‘onistondagi sho‘roparast hokimiyatga qarshi qurolli kurash olib borgan - “Yettilar Ittifoqi” hamda “Shia sakkizligi”ga birlashgan mujohidlar mamlakat siyosiy sahnasiga kirib kelishdi. Mamlakatda yangi siyosiy vaziyat yuzaga keldi. “Afg‘oniston mujohidlarining islomiy ittifoqi” (“Yettilar Ittifoqi”) AQSH va Pokiston bosimi ostida Peshovar shahrida o‘zining o‘tish hukumatini tuzdi va bundan maqsad Kobulda hokimiyatni egallash edi. Mazkur o‘tish hukumatiga sobiq qirol M.Zohirshoh yetakchiligida yangi hukumat tuzish tarafdorlari ham, shia mazhabiga mansub mujohidlaming vakillari ham kiritilmadi. Bu kelgusida hokimiyatni egallash, mujohidlar o‘rtasida bartaraf etib bo‘lmas kelishmovchiliklaming vujudga kelishiga zamin yaratdi. Shu tariqa 1991 -yil 16-aprel kuni Najibullo muvaqqat hukumat- ga hokimiyatni topshirdi va shu yilning 28-aprel kuni Afg‘onistonni qutqarish milliy fronti yetakchisi S.Mujaddadiy boshchiligidagi Pe- shavarda shakllangan mujohidlaming muvaqqat Kengashi vakillari Kobulga yetib keldilar. Ushbu Kengash mamlakat qonuniy huku mati funksiyalarini o‘z zimmasiga oldi. Mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi, shariatga mos kelmaydigan barcha qonunlar bekor qilindi hamda davlat boshqamvida islom qonun-qoidalari asos qilib olindi. Mamlakat yangi rasmiy nom bilan - Afg‘oniston Islom Davlati deb atala boshlandi va uni darhol Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar tan oldilar. Mujohidlar hokimiyatni qo‘lga kiritgach, “Afg‘onistonni qutqarish milliy fronti” yetakchisi S.Mujaddadiy ikki oy muddatga davlat rahbari lavozimini egalladi. Undan so‘ng hokimiyat “Afg‘oniston islom jamiyati” yetakchisi B.Rabboniy qo‘liga o‘tdi va u to‘rt oy muddat davomida hokimiyatda bo‘lishi, undan so‘ng mujohidlaming vakolatli shaxslardan iborat Kengashi ikki yil muddatga davlat prezidentini saylashi lozim edi94. 1992-yil dekabr oyi so‘nggida Xalq vakillari vakolatli kengashi delegatlarining ovoz berish yakunlariga ko‘ra, etnik kelib chiqishi tojik millatiga mansub bo‘lgan, Afg‘oniston Islom Jamiyati (AIJ) yetakchisi Burhoniddin Rabboniy Afg‘oniston Islom Davlati pre- zidenti etib saylandi. Bosh vazir lavozimiga Afg‘oniston Islom Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling