A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
partiyadan xoli bo‘lgan hukumat a’zolarini boshqaruvdan
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
partiyadan xoli bo‘lgan hukumat a’zolarini boshqaruvdan chetlashtirdi. Bunday holat mamlakatda siyosiy inqirozning yanada chuqurlashuviga olib keldi. Sovet qo‘shinlari olib chiqilgan bo‘lsa- da, mujohidlar qarshilikni to‘xtatmadilar. Endilikda ular Najibullo hukumatini ag‘darish payiga tushdilar. 1989-yilning may oyida qo‘shni Pokiston tomonidan Jalolobod shahriga o‘n minglab qurollangan mujohidlar guruhi hujum qila boshladi. Garchi mujohidlaming hujumi shiddatli bo‘lsa-da, hukumat qo‘shinlari ushbu hujumni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Jalolobod jangi butun mamlakatni titratib yubordi. Bu vaqtda hukumat qo‘shinlari harbiy qurollanish jihatidan mujohidlardan ustun turar edi. Chunki Sovet qo‘shinlari o‘zining barcha harbiy texnikasi va qurol-aslahalarini hukumat harbiylari ixtiyoriga top- shirib ketgan edi. Afg‘on armiyasining havodan va quruqlikdan uyushtirgan shiddatli hujumlari mujohidlami qiyin ahvolga so- lib qo‘ydi. Mazkur operatsiya davomida mujohidlar qo‘shinlari ikki tarafdan o‘rab olinib, chekinishga majbur qilindi. Hukumat qo‘shinlari Bagram aviabazasida joylashtirilgan havo kuchlari yordamida hujumga o‘tdilar va mujohidlar armiyasiga havodan kuchli zarbalar berdi. Hukumat qo‘shinlarining bunday kuchga ega ekanligi mujohidlaming hatto, tushiga ham kirmagan edi. Shundan so‘ng mujohidlar katta talafotlar ko‘rib, chekinishga majbur bo‘ldilar. Hukumat qo‘shinlari aytarlicha zarar ko‘rmadi. Shundan so‘ng xalqning katta qismi Najibullo qo‘shinlariga ishona boshlaydi. Chunki afg‘on armiyasi ilk marta mamlakatni Sovet qo‘shinlarisiz o‘zi himoya qildi. Shu sababli xalqda hukumat o‘zini-o‘zi himoya qila oladi, degan fikr paydo bo‘ldi. Bu albatta, Najibullo hukumatining g‘alabasi edi. Bu voqeadan so‘ng Najibullo hukumatni isloh qilishga kirishdi. Mamlakat siyosatini liberallashtirish ishlari jadal ravishda davom etib bordi. Ko‘plab jamoat tashkilotlariga siyosiy erkinliklar berildi, joylardagi mahalliy hukumat vakolatlari kengaytirildi. 1989-yilda mamlakatda birinchi mustaqil, nodavlat tashkiloti tuzildi. Shu yilning 20-sentabrida Kobulda “Afg‘onistonni qutqarish milliy jamiyati” tashkil etildi. Bu jamiyat a’zolari mamlakatning barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘lidan borib, birinchi navbatda erkin saylov tizimini joriy etishni talab qildilar. 1960-yillarda Afg‘oniston Adliya vaziri bo‘lgan Muhammad Asqar mamlakatning eski siyosiy elitalarini birlashtirdi. M.Asqar tashkil etgan jamiyat Kobul hukumatini yoqtirmas edi. Shaxsan M.Asqaming o‘zi jumalistlarga bergan intervyularidan birida Najibulloni diktator deb atadi. Najibulloning siyosiy tizimini Muhammad Doud rejimi bilan tenglashtirdi va hali hanuz mamlakat kommunistik mafkura yo‘lidan borib, sotsializmga xos bo‘lgan jami yat yaratmoqda, deya Najibullo hukumatini aybladi. M.Asqaming asl maqsadi AXDPni mamlakat siyosatidan chetlashtirish bo‘lib, u bu yo‘lda Najibullo hukumatini obro‘sizlantirish usulidan bordi. Ammo AXDPning katta siyosiy hokimiyatga ega ekanligi bunga imkon bermadi. Yangi siyosiy rejim yaratish yo‘lidan borayotgan Najibullo hukumati mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish ishlarini boshlab yubordi. Yangi yer islohoti o‘tkazilib, ADR hukumati tomonidan tortib olingan yerlar egalariga qaytarildi. Ommaviy ravishda davlat yerlari xususiy qilib berila boshladi. Xususiy xo‘jalikni rivojlantirish ishlari boshlandi. Najibullo hukumati xo‘jalik yuritishning oldingi tartiblarini bekor qilib yangi sivilizatsiyalashgan xo‘jalik yaratish yo‘lidan bordi. 1989-yilning avgust oyida Kobulda hukumatga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar orasida davlatga qarshi chiqqan jangari kuchlar va harbiylar bor edi. Shu yilning oxirida 100 dan ortiq davlatga qarshi chiqqan shaxslar qamoqqa olindi. Bular orasida yuqori lavozimdagi armiya generallari ham bor edi. Qo‘zg‘olonchilar orasida “Xalq” oqimi a’zosi bo‘lmish mudofaa vaziri general Shohnavoz Tanay ham bor edi. Shohnavoz Tanay mudofaa vazirligi generallarini ozod qilish haqida fikr bildirdi va mamlakat mudofaa vazirligi Prezidentga generallami ozod qilish talabini qo‘ydi. Najibullo qo‘zg‘olon ishtirokchisi bo‘lmish 4 nafar generalni ozod etgan bo‘lsa-da, mudofaa vazirligi va Prezident o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik yo‘qolmadi. 1990-yilning 6-martida Shohnavoz Tanay AXDPning “Xalq” oqimi tarafdorlarini Naj ibulloga qarshi qurolli qo ‘ zg ‘ olonga chaqirdi. Shu kuni ertalab u bir guruh ofitserlar va kuchli himoyachilar bilan Kobuldan 50 km shimolda joylashgan Bagram aerodromiga yetib keldi. Uning tarafida afg‘on armiyasining 15 tank brigadasi hamda 40-diviziyasi bor edi. General Shohnavoz Tanay shaxsan Kobulga shturmlar bilan zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi. Buning oldini olish maqsadida Najibullo zudlik bilan butun harbiy kuchlami Shohnavoz Tanay boshchiligidagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinayotgan kuchlaming qarshiligini sindirish uchun safarbar etdi. Najibullo Bagram aerodromini bombardimon qilishga buyruq berdi. Najibullo bu haqda keyinroq shunday deydi: “Men shu tariqa Bagramni bombardimon qildim, hattoki o‘zim uchun zararli bo‘Isa ham”. Ushbu operatsiya chog‘ida Uragan nomli qiruvchi samolyot qo‘zg‘olonchilami tashvishga solib qo‘ydi. Shundan so‘ng chorasiz qolgan Shohnavoz Tanay va uning safdoshlari 7-mart kuni Bagram aerodromidan uchib ketdi va Pokistonga borib qo‘ndi. Shu tariqa Shohnavoz Tanay boshchiligida davlat to‘ntarishini amalga oshirish muvaffaqiyatsiz tugadi hamda 1990-yil martidan boshlab Bagram aerodromi hukumat qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tdi. Mazkur davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish yangidan “Vatan” partiyasi nomi bilan faoliyat yuritayotgan sobiq AXDPning siyosiy sustligi va hukumatning Shohnavoz Tanay yetakchiligidagi qo‘zg‘olonchilarga yetarlicha baho bermaganligi bilan xarakter- lidir. Qo‘zg‘olonchilaming harakati hukumatni ancha shoshirib qo‘ydi. Qo‘zg‘olon aslida Kobul rejimini ag‘darishga qaratilgan boMib, afg‘on armiyasi zobitlari guruhi hukumatga ishonchsizlik bildirdi va “Xalq” oqimi tarafdorlariga qo‘shilib ketdi. 1990-yil mart voqealari Afg‘oniston siyosiy sahnasida hamon yakdillik yo‘qligini, xususan AXDP saflarida bo‘linish yaqqol namoyon bo‘lib turganligini ko‘rsatib berdi. Bu AXDPning “Xalq” oqimi hukumatga qarshi radikal kayfiyatda ekanligining, mamlakat rahbari va AXDPning “Parcham” oqimi yetakchisi Muhammad Najibullo esa AXDP saflaridagi kelishmovchiliklami hal etishda faqat “Parcham” oqimiga tayanganligi va undan foydalanmoqchi bo‘lganligining natijasidir. 1990-yilda Kobulda AXDP o‘miga “Vatan” partiyasi tuzildi. Bu Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling