A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Maley, W. The Afghanistan Wars. - N ew York: PALGRAVE
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
88
Maley, W. The Afghanistan Wars. - N ew York: PALGRAVE MACMILLAN. 2002. - P. 43-44. 1986-yilning yozida yuqoridagi vazifa bajarildi va AXDPning ikki oqimi ilk bora siyosiy jihatdan birlashdilar. Ammo, ular o‘ rtasidagi ichki kurashlar baribir to‘xtamadi. Najibullo boshqaruvni o'zgartirishga harakat qildi va eski tartiblardan voz kechish yo‘lidan bordi. Dastlab hukumatga partiya a’zolari kiritildi va partiyadan tashqarilar boshqaruvda ishtirok eta olmasligi belgilandi. Muhammad Najibullo yangi hukumatni shakllantirish chog‘ida yangi kadrlar bilan bir qatorda Savr inqilobidan buyon davlat ishlarida yetakchi vazifalami bajarib kelayotgan bir qator shaxslarga ham yana ishonch bildirdi va ularga muhim davlat lavozimlarini topshirdi. Jumladan, dastlabki vaqtda Muhammad Rafiy mudofaa vaziri, Aslam Vatanjar esa ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritishdi. Najibullo yuqori lavozimli shaxslami vazifalarga tayinlashda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Masalan, Najibullo hukumati davrida Hoji Muhammad Chamkaniy Inqilobiy kengash bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. Vaholanki, ushbu shaxs siyosatni umuman tushunmaydigan, umri davomida dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabila oqsoqollaridan biri edi, xolos. Najibullo markaziy hokimiyatdan norozi bo‘lib kelayotgan Paktiyo viloyati aholisiga va xonlariga ko ‘pgina masalalarda imtiyozlar berib yubordi. Bu esa mazkur hududda tinchlik va barqarorlikning o‘matilishiga emas, balki imtiyozlami bo‘lishish masalasida yana bir necha inqirozli holatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. 1987-yilning yanvar oyida Najibullo o ‘zining “Milliy yarashuv” siyosatini e ’lon qildi. Uning mazkur dasturi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan voqea edi. Chunon- chi, dasturda mamlakatdagi fuqarolar urushini to ‘xtatish, ijtimoiy- siyosiy holatni yaxshilash va mujohidlar bilan koalitsion hukumat tuzish kabi bir qator islohotchilik xarakteriga ega jihatlar qamrab olingan edi. “Milliy yarashuv” siyosati negizida mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotini liberallashtirish yotar edi. “Milliy yarashuv” siyosatidan kelib chiqib rasmiy Kobul mamlakatdagi siyosiy holatni yaxshilash hamda urushni to‘xtatish bo‘yicha mujohidlar bilan muzokaralar olib borish uchun olti oy davomida harbiy harakatlami to ‘xtatib turish haqida e ’lon qildi. Ammo, bu hech qanday natija berm adi va m uxolifat kuchlari o ‘z harbiy harakatlarini to ‘xtatmadilar hamda mamlakatda si yosiy inqiroz davom etdi. Kobul hukumati “M illiy yarashuv”ni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar izlay boshladi. Bu borada AXDP siyosiy monopoliyasining bekor qilinganligi e ’lon qilindi va muxolifatni koalitsion hukumat tuzishga chaqirdi. Ammo, Najibullo hukumati m uxolif partiyalaming mamlakat siyo siy hayotidagi rolini e’tiborga olmadi. M uxolif partiyalar sovet qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishi bilan birga Najibullo hukumatining iste’fo berishini ham talab qila boshladilar. Shu sababli Kobul hukumati muxolifat bilan kelisha olmadi. Shunday bo ‘lsa-da, Najibullo hukumati “Milliy yarashuv” siyosatida barcha afg‘on fuqarolari siyosiy partiyalarga birlashishi hamda siyosiy hayotda ishtirok etishlari mumkin ekanligini e’lon qil di va bu bilan muxolifatga nisbatan bir qancha jiddiy yon berishlarga borishni m a’qul ko‘rdi. 1987-yilning iyunida “Milliy yarashuv” siyosatidan kelib chiqib, A fg‘onistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi e ’lon qilindi va mamlakat siyosiy hayotini liberallashtirish boshlandi. 1987-yil iyulda “Siyosiy partiyalar to ‘g‘risida”gi Kon- stitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonun qabul qilinishi bilan ko‘pgina partiyalar faol siyosiy holatga o‘tdi. Har bir siyo siy partiyaning rahbari A fg‘onistonni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini alohida-alohida e ’lon qila boshlaydi. 1987-yilning noyabr oyida Najibullo butunafg‘on oqsoqollari kengashi - Luye Jirgeni chaqirishga qaror qildi va ushbu yig‘ilishda mamlakat boshqaruviga oid masalalar muhokama etildi. Shu ningdek, mazkur yig‘ilish doirasida Najibullo o‘z hokimiyatini legitimlashtirishni ham maqsad qilgan edi. Natijada Afg‘ onistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakatning mazkur Asosiy Qonuniga ko‘ra islom dini A fg‘onistonning asosiy dini ekanligi va shariat ahkomlari muqaddas ekanligi belgilab qo‘yildi. Asosiy Qo- nun ham, undan kelib chiqib qabul qilinuvchi barcha qonun-qoida- lar ham shariat qonunlariga mos kelishi belgilab qo‘yildi. Mamla- katning rasmiy nomi Afg‘oniston Demokratik Respublikasidan Afg‘oniston Respublikasiga o‘zgartirildi. Davlatning siyosiy tuzumi demokratik tuzumdan parlamentar demokratiya shakliga o‘zgartirildi. Mamlakatning Asosiy Qonuniga binoan, barcha partiyalarga siyosiy erkinlik berildi. Endilikda ular parlamentga bo‘ladigan saylovlarda, hukumatni shakllantirish va boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar. 1988-yilning aprelida parlamentga saylovlar b o ‘lib o ‘tdi. Qo- nun chiqaruvchi organ hisoblanmish parlamentda to ‘rtdan bir qism o‘rin mujohidlarga ajratildi, 22,6% o ‘rinni esa AXDP egalladi89. Mujohidlar parlamentdagi o‘rinlami rad etdilar. 1988-yil mayida Najibullo hech bir siyosiy partiyaga a ’zo bo‘lmagan Muhammad Hasan Sharqni bosh vazir etib tayinlaydi va unga yangi “koalitsion” hukumat tuzishni topshiradi. Najibulloning bu ishi uning yaqin safdoshlari tomonidan m a’qullanmadi. Chunki, Muhammad Hasan Sharq o ‘z faoliyatida butkul neytral bo‘lishga intildi va uning hali ham davlat tizimlarida nisbatan kuchli mavqega ega bo‘lib qolayotgan AXDP bilan munosabatlari ijobiy tus olmadi. 1988-yilning may oyida Muhammad Hasan Sharq rasman Afg‘oniston bosh vaziri etib tayinlanib ish boshlagach, hukumat a ’zolarining yarmi unga nisbatan norozilik bildirdilar. Ammo Najibullo o‘z siyosatini o‘zgartirmadi va bosh vazirga ishonch bildirdi. Muhammad Hasan Sharq “Milliy yarashuv” siyosatini o‘zgacha yuritdi. 1988-yilning o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida u mamlakatdagi mavjud ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, “afg‘on xalqi muxolifatga qaraganda AXDPga ko‘proq ishonadi”, - degan fikrni ishonch bilan ta’kidladi90. Muhammad Hasan Sharqning Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling