o‘z yerlarini sotish, ijaraga berish va meros qoldirish huquqiga ega
bo‘ldilar.
Najibullo mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta ’minlash
uchun milliy-etnik totuvlikka erishishni
ham asosiy vazifalardan
biri deb bildi hamda “Milliy yarashuv” siyosatida Afg‘onistonda
istiqomat qilib kelayotgan barcha millat va elatlar bilan yaqinlashish
siyosatini olib bordi. Turli millat va elatlar yetakchilarining
ko‘pchiligi markaziy hokimiyatning bunday siyosatiga xayrixohlik
bildirib, rasmiy Kobul bilan aloqa bog‘ladilar92.
1988-vilgiJenevabitimivaAfg‘onistondanSovetqo‘shinlarining
olib chiqib ketilishi (1989-v. fevral). 1982-yilda
Jenevada BMT
shafeligida afg‘on mojarosini hal etish bo ‘yicha afg‘on-pokiston
muzokaralari boshlandi. M azkur muzokaralarda Sovet Ittifoqi va
AQSH rasmiy vakillari ham ishtirok etishdi.
Sovet Ittifoqining
maqsadi Pokiston tomonidan afg‘on mujohidlariga ko‘rsatilayotgan
har qanday ko‘makni oldini olish va afg‘on-pokiston chegarasini
ishonchli qo‘riqlashga
erishish boTsa, bunga teskari ravishda AQSH
hukumati o ‘zining tinchliksevar deklaratsiyalari
bilan muzokara-
lami cho‘zishga va mujohidlami qoTlab-quvvatlashni davom etti-
rishni m a’qul ko‘rdi. Rasmiy Vashington Sovet Ittifoqining afg‘on
mojarosiga yanada ko‘proq
kirishib ketishini, ko ‘proq moddiy va
m a’naviy zarar ko‘rishini istar edi.
Qurol vositasida va harbiy kuch bilan afg‘on mojarosini bartaraf
etib bo‘lmasligini tushungan Sovet Ittifoqi rahbariyati Afg‘oniston
hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish taraddudiga tushdi.
1986-yilning oktabrida SQAChK tarkibidan 7
ming nafarga yaqin
jangchi Sovet Ittifoqiga qaytarildi.
1987-yildan boshlab esa Sovet qo‘shinlari Afg‘onistonda yirik
harbiy operatsiyalami amalga oshirish taktikasidan voz kechdi va
faqat harbiy qismlar joylashtirilgan hududlar va muhim obyektlami
himoya qilish hamda qo‘riqlash bilan mashg‘ul boTdi.
Jenevada
afg‘on mojarosining hal etilishiga oid muzokaralar jarayoni bir necha
yilga cho‘zilgan bo‘lsa-da, nihoyat tomonlar kelishuvga keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: