A maliy mashg’ulotlar Аmaliy mashg’ulot №1. Mavzu: mexanizmlarni kinematik sxemalarini chizish
Rolikli turtkichli dezaksial mushtumchali
Download 2.77 Mb.
|
2.1) Amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teskari aylantirishda
- 4- rasm.
Rolikli turtkichli dezaksial mushtumchali mexanizmning kinematik tahlili
Ko`riladigan mushtumchali mexanizmda chiquvchi bo`g’in (turtkich) ilgarilama-qaytma harakatlanadi va uning hamma nuqtalari bir xil tezlik va tezlanish bilan siljiydi. Turtkichning biror nuqtasini, masalan, rolik markazi harakatini o`rganib, turtkichning harakati haqida mulohaza qilish mumkin. Mushtumchaning harakat qonuni va uning profili hamda kerakli o`lchamlar berilgan bo`lishi zarur. Mushtumchali mexanizmni tahlil qilish uchun, mexanizm turtkichning eng pastki holatida chiziladi. Co`ngra, mushtumchani nazariy profili yuqorida keltirilgan usulda chiziladi. Natijada mexanizm ko`rib chiqilgan o`tkir uchli turtkichli mexanizmga aylanadi Teskari aylantirishda turtkich o`zgarmas e dezaksial masofasini saqlab, mushtumchani markazi atrofida aylanib radiusi e ga teng aylana hosil qiladi. Mushtumchani aylanish markazidan radiusi e ga teng aylana o`tkazamiz va unm mushtumchaning berilgan harakat qonuniga qarab bo`lamiz. Mushtumchaning aylanish tezligi w1=sonst bo`lsa, aylana teng bo`laklarga bo`linadi. Bo`limlarni raqamlar bilan belgilash mushtumchaning harakatiga teskari ravishda bajariladi. Аylanadagi nuqtalardan turtkichning o`qini tasvirlovchi urinmalar o`tkaziladi. Turtkich roligining markazi А nuqtani teskari aylantirishdagi holatlari va h.k. bilan belgilanadi. Bu nuqtalarni turtkichning harakat chizig’iga o`tkazamiz. Buning uchun sirkulning uchini O nuqtaga qo`yib nuqtalarini aylantirib, turtkichning vertikal o`qiga tushiramiz. Natijada А nuqtaning turli holatlari orqali masofani kinematik diagrammasi hosil bo`ladi va uni differentsiallab, nuqtaning tezlik va tezlanishlari aniqlanadi. Mexanizmni tahlil qilish uchun mushtumcha aylanish markazidan e radiusi bilan aylana chiziladi (4a-rasm). Turtkichning vertikal o`qi e radiusli aylanaga urinma bo`ladi. Urinish nuqtasini 0 bilan belgilab, aylanani teng bo`laklarga bo`linadi. 5a-rasmda aylana sakkizta teng bo`lakka bo`lingan. Bo`linish nuqtalarini 1, 2, 3… belgilab, har qaysi nuqtadan urinma o`tkaziladi. Urinmalarning mushtumcha profili bilan kesishgan nuqtalarini 11, 21, 31… raqamlari bilan belgilab, mushtumcha markazidan radiuslari А11, А21, А31… bo`lgan aylana yoylari o`tkaziladi va ularni turtkichning vertikal holati bilan kesishtiriladi. Natijada turtkich o`qi ustida 1, 2, 3, 4… nuqtalar hosil bo`ladi. 4-rasm. Turtkichning ko`tarilib-tushish grafigini (4b-rasm) chizish usuli yuqorida bayon qilingan aktsial mushtumchali mexanizmlarning S-t grafigini qurishga o`xshashdir. S-t grafigi masshtablari aniqlanib, differentsiallash orqali turtkichning tezlik va tezlanish grafiklari quriladi. Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling