A. Milliy iqtisodiyot
Download 16.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiyot nazariyasi 15-mavzugacha 40 ta test
Test ………………….– barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdi. A. Milliy iqtisodiyot B. Aralash iqtisodiyot C. Zamonaviy iqtisodiyot Milliy mahsulot bu nima? A. bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. B. ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda shu mamlakat hududidagi barcha korxonalarda yaratilgan shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga borib yetadigan tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidan iboratdir. C. mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir YaMM va YaIM o‘rtasidagi u qadar ahamiyatli bo‘lmagan farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning taxminan necha % ini tashkil etadi. ±2% 3% ±1% Tovar va xizmatlar necha xil bo‘ladi? 3 2 4 Yalpi ishlab chiqarilgan va yalpi sotilgan mahsulotning real hajmi teng bo‘lganda, iqtisodiyotda nimaga erishiladi? Muvozanatlikka O’sishga Rivojlanishga …………………- bu bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi. Unumli iste’mol Shaxsiy iste’mol Jamoa iste’moli Moddiy iste’mol nima? Ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi. Ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi ne’matlardan foydalanish. Bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi. Iqtisodiy o’sish necha xil bo’ladi? 4 3 2 «Nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga qachon asos solingan? XX asrning 60-yillarida XX asrning 70-yillarida XX asrning 80-yillarida Iqtisodiy o’sishni aniqlaydigan asosiy ko’rsatkich qaysi? YAMM YAIM SMM Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda necha guruhga ajratish mumkin? 2 3 4 ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati nimani beradi? Kapital samaradorligini Mehnat sig‘imini Mehnat unumdorligini ………………- bu insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat bo‘lib, u bir tomondan to‘plangan nafliliklar yig‘indisi, ikkinchi tomondan esa to‘plangan qiymatlar yig‘indisidir. Moddiy-buyumlashgan boylik Nomoddiy boylik. Milliy boylik Milliy boylikni shartli ravishda nechta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin? 4 3 2 Intensiv iqtisodiy o‘sishning mazmuni qanday? Ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi Ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. YaIM, SMM, MD miqdorining mutlaq hajmi va aholi jon boshiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishi Iqtisodiy sikl maxsus fazalarini keltiring. O’sish, rivojlanish, kamayish Inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish Kengayish, jonlanish, yuksalish Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya qanday nazariya deb ataladi? Eksternal Anternal Internal Iqtisodiy sikl nima? – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati. – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin tushib ketishi. - ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi …………………- bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holati. Jonlanish fazasi Iqtisodiy o’sish Iqtisodiy muvozanat Iqtisodiy mutanosiblik nima? bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot bo‘laklarining miqdoran teng kelishi. iqtisodiyotning turli tarmoqlari, tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan bir-biriga mos kelishi. iqtisodiy jarayonlar, voqea, hodisalarning bir-biri bilan bog‘liqlikda va qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelish holati. …………………….– bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Aholi daromadi Ishchi kuchi Mehnat samaradorligi Insonlar necha yoshdan ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritiladi? 18 17 16 Migratsiya necha xil bo’ladi? 2 4 3 Ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya qanday migratsiya? tasodifiy migratsiya tebranuvchi migratsiya tugal migratsiya …………… – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir Mehnat bozori Mulk-tovar bozori Ishchi kuchi bozori Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun ishsizlikni necha%ga o‘stirish lozim bo‘ladi? 3% 2% 1.% To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning qanday darajasi deb ataladi? Nisbiy Rivojlangan Tabiiy Friksion ishsizlik qanday ishsizlik? malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar bo‘shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik. Ishchi kuchi talabi nima? – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori. – jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. ……………………– iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya Raqobat Dividend Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan nechta vazifani bajaradi? 5 4 3 Ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida nima ro‘y beradi? Inqiroz Byudjed taqchilligi Bankrodlik Davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi nima deyiladi? Davlat qarzi Davlat kamomati Davlat krediti Davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli nima deyiladi? Soliq Jamg’arma Budjet Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi nechta muhim vazifani bajaradi? 3 2 5 Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‘sib borishining asosiy omili qaysi? Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Aholi sonining o‘sishi. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o‘sishi. Soliq stavkasini belgilash nechta tamoyilga asoslanadi? 2 4 3 Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasinima deyiladi? Soliq stavkasi Soliq miqdori Soliq krediti Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda necha turga bo’linadi? 2 3 4 ………………– davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui. Fiskal (soliq-budjet) siyosati Moliya tizimi Moliyaviy siyosat Download 16.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling