A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fargona Fargona hukmdorlari «ixshid» deb atalgan. Fargona yerlari juda hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat)
- Choch va Eloq Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bolgan. Manbalarda ulardan biri Choch
Toxariston
Nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi Toxaristonda joylashgan edi. Ular 27 tog' va tog'oldi viloyatlaridan iborat edi. Balx shahri Toxariston poytaxti bo'lgan. Toxariston avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligi tomonidan bo'ysundiriladi. Manbalarda ta'rif etilishicha, Toxariston aholisi budda diniga e'tiqod qilgan. Toxariston 25 harfli yozuviga ega bo'lgan. Toxariston aholisining asosiy qismi o'troq dehqonchilik bilan shug'ullangan. Toxaristonda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Hozirgi Janubiy O'zbekiston va Tojikiston, Shimoliy Afg'onistonni o'z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog'lari, janubda Hindikush, g'arbda Murg'ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston nomi mil.avv. II asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila - toxarlar nomidan olingan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o'rnatgan, o'z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxariston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muhim rol o'ynagan. Farg'ona Farg'ona hukmdorlari «ixshid» deb atalgan. Farg'ona yerlari juda hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo'lgan. Qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Farg'ona vodiysida o'troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashagan. Qurama va Qoramozor tog'lari yonbag'irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug'ullanilgan. Bu diyorda ko'paytirilgan tulpor otlarning dong'i jahonga taralgan. Choch va Eloq Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo'lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo'lib, hukmdori «tudun» deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari «dehqon» deb atalardi. V asrda ular Eftallar davlatiga, VI asrda esa G'arbiy turk xoqonligiga bo'ysundiriladi. VII asrning dastlabki choragida esa G'arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko'chiradi. Hukmdor va malika uchun Yabg'ukat va Xotunkat kabi o'ziga xos qarorgohlar bino qilindi. Choch tuduni (tudun chachinak) va Choch tegini (tegin chachinak) yozuvlari chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba'zan sulolaviy ayri tamg'a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmronga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday qo'shaloq tasvir, shubhasiz, qadimgi turkiy davlatchiligida, hukmdorning malikasi - xvatun (xotun), ya'ni vazirlik darajasiga ega bo'lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o'rinni egallagan. Keltirilgan numizmatik manbalardan ayon bo'lishicha, G'arbiy turk xoqonligi, shuningdek uning yirik o'troq viloyatlaridan hisoblangan Choch o’lkasi ilk o'rta asrlardayoq o'sha davrning tarixiy saltanatliklari Sosoniylar Eroni, Vizantiya va Xitoy kabi o'z tanga pullari tizimiga ega bo'lgan. Choch va Eloq sertarmoq xo'jalikka ega bo'lib, sug'orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush, rangli ma'danlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy edi. Karvon yo'lining o'lka orqali o'tishi Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarining gavjumlashuviga imkon beradi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling