A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


*Mahalliy hokimlarga xoqon tomonidan yabg'u unvoni berilgan


Download 397 Kb.
bet12/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

*Mahalliy hokimlarga xoqon tomonidan yabg'u unvoni berilgan.
VII asrning birinchi choragida G'arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo'ylariga borib taqaladi. Xoqon To'ng yabg'u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi.
Viloyat hokimlarini xoqonlik ma'muriyati bilan bevosita bog'lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning «yabg'u» unvoni beriladi.
Natijada ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. Shu bilan birga O'rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G'arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi.
Ijtimoiy hayot
Turk xoqonligiga birlashgan aholining hayoti ham, xo'jaligi ham turlicha edi. Ko'chmanchilarning asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lgan.
Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko’p bo'lgan. Aholisi deh­qonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanardi. Turk hunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yaroglar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Farg'ona va Sug'dda oltin, mis, temir va simob, Eloqda qo'rg'oshin, kumush va oltin qazib olinardi.
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari ham shahar aholisining asosiy mashg'ulotlaridan biri edi. Bu davrda ayniqsa Sug'd savdogarlarining mavqeyi baland edi.
VII asrning birinchi yarmida G'arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchiligi yuboriladi. Birgina 627-yilning o'zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O'ratepa viloyatlari) dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.
Shunday qilib, G'arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan o'troq qismi madaniy jihatdan ilg'or bo'lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy turmushida yetakchi rolni o'ynagan.
* Yabg'u - el-yurt hokimi

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling