A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet8/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Savdo va pul muomalasi
Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo'lgan eftallar «Ipak yo'li»ni o'z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo'lgan xalqaro savdoda faol qatnashardi. Ipak yo'li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug'diylar vositachilik rolini o'ynardi.
Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo’lgan. Bu mamlakat hayotida mahalliy voha hokimlari katta nufuzga ega ekanidan dalolat beradi.
Eftallar davrida aholining tabaqalanishi, yani mulkiy tengsizlik kuchayib borgan. Shu boisdan davlat boshqaruvida qonun-qoidalar tarkib topgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan.
Hayotiy o`zgarishlar
Ko'chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalari atrofiga kelib o'rnashishi bilan ma'lum darajada dasht udumlari va e'tiqodiy tasavvurlari o'troq aholining hayotiga kirib bordi. Asriy madaniy an'analari kuchli bo'lgan Toxariston va Sharqiy Sug'd vohalarida ko'chmanchilar tez orada o'troqlashdilar. Samarqand, Buxoro, Naxshab va Choch (Toshkent) kabi dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko'plab istehkomli qasrlar va qo'rg'onlar qad ko'tardi.
Ularning ayrimlari hatto ikki qavatli bo'lib, yuqorisiga pandus (qiya kо'tarma yo'lak) orqali chiqilgan.
Til va madaniy aloqalar
O'rta Osiyo aholisi turli tillarda so'zlashgan. Chorvador aholi o'rtasida turkiy til muhiti hukmron edi. O'troq aholining bir qismi sug'd tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so'zlashgan. Bu davrda sug'd tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg'ona orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib boradi. V-VI asrlarda Sug'd yozuvi, Xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan edi. Eftallar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo'ladi. Eftallar yozuvi 25 harfdan iborat bo'lgan. Xat chapdan o'ngga tomon ko'ndalangiga yozilgan.
Eftallar o't va quyoshga topinuvchi otashparast bo'lganlar. Markaziy Osiyodagilari esa budda, nasroniy va zardusht dinlariga e'tiqod qilishgan. Ularning so'nggi avlodlari o'zbek, turkman va turk elatlari tarkibiga singib ketgan. Zamonamizgacha turkman va anato'liyalik turklar tarkibida «abdal» nomli etnik guruh saqlangan. Shu tariqa turkiy dunyo kengayib, kamol topgan va Yevrosiyoda muqim o'rin egallagan.
Bu davrda Xitoy, Hindiston va Eron bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar kengayib boradi. V asrda o'rta osiyolik shishasozlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o'rgatadilar. O'rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o'z saroylarini bezashda O'rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar. Shunday qilib, O'rta Osiyo aholisining madaniy an'analari qo'shni mamlakatlar, xususan, Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan omixtalashib, ilk o'rta asriar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylanadi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling