A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet20/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Sug'd yurishi
712-yilda Qutayba qo'shinlari Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o'rniga G'urak (710-737) Sug'dga podsho qilib ko'tarilgan edi. G'urak arablarga qarshi kurash olib bordi. Kuchlar teng bo'lmaganligi oqibatida Samar­qand taslim bo'ladi. G'urak bilan Qutayba o'rtasida sulh tuzilib, arablarga bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida boj to'lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda bironta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni arablarga bo'shatib berish, masjid bino qilish kabi shartlarni bajarishga majbur etiladi. Bularaing evaziga Qutayba G'urakni Samarqand, Kesh va Naxshabga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib u xalifalikka qaram bo'lib qoladi.
Choch va Farg'onaning zabt etilishi
713-yilda Qutayba qo'shinining bir qismi Choch viloyatiga, o'zi boshliq asosiy kuch esa Farg'ona vodiysi tomon yo'l oladi. Choch vohasi bosib olinib, uning bosh shahri Madinat ash-Shosh, juda ko'p qal'a va qo'rg'onlar hamda qishloqlarga o't qo'yilib vayron etiladi. 715-yilning boshida esa Farg'ona vodiysini uzil-kesil egallab, Qoshg'argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi. Lekin Qutayba xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko'targani oqibatida Farg'onada arab askarlari tomonidan o'ldiriladi.
Savollar
1. Islom dini va davlatlari qanday tashkil topganligi haqida gapirib bering.
2. Arablar Movarounnahrni zabt etishdan qanday maqsadlarni ko'zla-gan edilar?
3. Poykand qamali va uning bo'ysundirilishi haqida gapirib bering.
4. Buxoromng zabt etilishi va aholining islomga kiritilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Xorazm xalifalikka qanday tobe etildi?
6. Sug'd, Choch va Farg'ona qanday zabt etildi?
9-§. MOVAROUNNAHR FATH ETILISHINING
IQTISODIY VA MA'NAVIY OQIBATLARI
Tayanch tushunchalar: Fath oqibatlari. Soliqlar. Islomga da'vat
Iqtisodiy oqibatlar
Xalifalik o'lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini oyoqosti qilib, juda ko'p shahar va qishloqlarga o't qo'yib vayron etdi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko'plab qurolyarog'lar tortib olindi. Sulh tuzishga majbur bo'lgan Buxoro, Poykand, Sug'd hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo'shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb etdilar.
Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan rurli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo'shatib beriladi. «Xiroj», «ushr», «zakot», «jiz'ya» kabi soliqlar joriy etiladi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling