A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Qo'zg'olonning yengilish sabablari


Download 397 Kb.
bet28/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Qo'zg'olonning yengilish sabablari
«Oq kiyimlilar» uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganlar. Bu omil qo'zg'olon yengilishining asosiy sababi bo'ldi. Ikkinchidan, xalq harakatining ommalashib ketishidan cho'chigan mahalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga о'tib ketganlar. Uchinchidan, qo'zg'olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan.
Qo'zg'olon bostirilgan bo'lsa-da, istilochilarga qarshi mahal­liy xalq harakati uzil-kesil to'xtab qolmadi. 806-yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo'zg'olon ko'tariladi. Qo'zg'olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg'ona, Buxoro. Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo'lidan ketadi. Xuroson noibi Ma'mun dehqonlardan Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so'raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo`lga olib, uni xalifaga taslim bo'lishga majbur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi xalq harakati ham bostiriladi.
Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tezlashtirdi.
Savollar
1. «Oq kiyimlilar» qo'zg'olonining sabablarini qayd eting.
2. Qo'zg'olonning borishi haqida so'zlab bering.
3. Qo'zg'olon nima uchun yengildi?
4. Muqanna rahnamoligini baholang.
III BOB
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
13-§. XALIFALIKNING ZAIFLASHUVI, MUSTAQIL DAVLATLARNING SHAKLLANA BOSHLASHI
Tayanch tushunchalar: Tohiriylar. Davlat boshqaruvi. Qarluqlar. O'g'uzlar. Qoraxoniylar.
VIII asr oxiri - IX asr boshlarida Arab xalifaligi og'ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo'ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo'lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo'zg'olon ko'tarib turishi, uzluksiz davom etgan o'zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hududlaridagi hali xalifalikka bo'ysundirilmagan chegaradosh el-yurtlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling