A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR. ABU MUSLIM QO'ZG'OLONI


Download 397 Kb.
bet24/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

11-§. ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR. ABU MUSLIM QO'ZG'OLONI
Tayanch tushunchalar: Zulmning kuchayishu Abu Muslim targ'iboti. Abu Muslim qo'zg'olonL Abbosiylar.
Xalq noroziligining kuchayishi
Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon II (744-750)hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig'i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo'ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da'vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko'plab targ'ibotchilar yuboradilar. Shunday targ'ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi.
746-yilda u Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib, payg'ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi.
Qo'zg'olonchilarning to'planishi
Dastlab arab zodagonlari, so'ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo'llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go'yo mamlakat aholisining barcha katta-kichigi xalifalikka qarshi qo'zg'algandek bo'ladi. vo'shin avval Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal'asida to'planadi. Abu Muslim qo'shiniga kelib qo'shilgan kishilar ro'yxatga olinib, ularga avval uch, so'ngra esabesh dirhamdan maosh to'lanadi. Qizig'I shundaki, ro'yxatdan o'tgan kishilarning katta qismi har tomondan kelgan qullardan iborat edi. Bu davrda ham qullar aholi o'rtasida eng quyi tabaqa hisoblanib, ular bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillariga or tuyulganligi hisobga olinib, Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog'ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ'ibotchini boshliq qilib tayinlaydi.
*750-yilda Arab xalifaligida hokimiyat umaviylardan abbosiylar qo'liga o'tadi.
Qo'zg'olonchilarning maqsadi
Qo'zg'olonchilar safida arab zodagonlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy mulkdor dehqonlari, xalifalik sharqidagi mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari hamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari ham har xil edi. Arab zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga olib berib, mamlakatda o'z mavqelarini ko'tarmoqchi edilar. Mahalliy mulkdorlar siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa, mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib olgan edilar.
Mehnat ahli umaviylarning zulmi, og'ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutulish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro'yobga chiqarish uchun zulmkorlarga qarshi kurashish yo'liga astoydil otlangan edilar. Qo'z­g'olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bayrog'i hamda shiddatli janglarda qo'zg'olonchilarni umaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling