A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


IX asr oxirlarida Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo'ldi


Download 397 Kb.
bet32/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

IX asr oxirlarida Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo'ldi.
Somoniylarda boshqaruv tizimi
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo'lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o'nta devon orqali idora etilib, ular orasida va­zir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo'lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Islom dini rivoji
Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nurazli markazlaridan biriga ay­landi. Shaharlarda ko'plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etiladi. Buxoro­ning bu qadimiy madrasasi X asrda shaharning kavushdo'zlar mahallasi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan.
* Amid ul-mulk - davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri
* Vazir - devonxona boshlig'i, bosh vazir
* Mustovfiy - moliya vaziri
* Sohibi shurat - harbiy ishlar vaziri
* Ulamo - din olimlari
* Hojib - harbiy unvon
* Xonaqoh - g'aribxona, musofirxona
Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom «shayx ul-islom» nomi bilan yanada ulug'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi.
Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O'rta Osiyo aholisining mustaqil xalq bo'lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mudofaa ishlari
Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo'shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblaming boshlig'i «hojib ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblanardi.
Savollar
1. Somoniylar qanday qilib Arab xalifaligidan mustaqil bo'ladi?
2. Ismoil Somoniy haqida bilganlaringizni so'zlab bering.
3. Nima sababdan Movarounnahrning mustaqillikka intilishi Arab xalifalariga yoqmagan?
4. Nima sababdan safforiylar bilan somoniylar o'rtasida urush kelib chiqdi?
5. Somoniylarda boshqaruv tizimi qanday bo'lgan?
6. Somoniylar islomga qanday e'tibor berdilar? Islom dinining ma'naviy hayotdagi mohiyati.
7. Somoniylarda mudofaa ishlari qanday yo'lga qo'yilgan edi?

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling