A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki va tashqi savdo
Konchilik
Movarounnahrning tog'li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon tog'larida temir, mis, qo'rg'oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar, ma'danlar qazib olinardi. Eloq viloyati kumush va qo'rg'oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Farg'ona vodiysi togiaridan temir, qo'rg'oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg'onadan o'sha vaqtlardayoq toshko 'mir va neft topilib ishlatilgan. Konlarning yaqinida rudalarni eritib ma'dan oluvchi ohangarlar va konchilarning qishloqlari bo'lardi. Ichki va tashqi savdo IX-X asrlarda mamlakatda ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo'li bo'ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar o'tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. Shimoliy yo'l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnahrning shahar va qishloqlaridan bo'z, kiyim-kechak, egar-jabduq, o'q-yoy, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq meva, kunjut va zig'ir moyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo'ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. Xitoyshunos A. Xo'jayevning ta'kidlashicha, VII-IX asrlarda Xitoy bilan bo'lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o'rinda turgan. Har bir ot Xitoy bozorida (to'pi 12,8 metrli) 50 o'ram ipak matoga ayirbosh (barter) qilingan. Choy bahosida har bir otning bahosi 56 kg oliy navli choyga teng bo'lgan. Bir necha «jin» (600 g) choyga bir bosh qo'y almashtirilgan. VII-VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha «cha» yoki «ming» deb yuritilgan xushbo'y choy о simligi va uning seleksiyasi bu davrda Sharqiy Turkiston orqali Jurkiston diyoriga, so'ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, aholining maishiy hayotida kundalik iste'mol etiladigan chanqovbosdi benazir ichimlikka aylangan. Itil, Xazar va Bulg'orga Movarounnahr va Xorazmdan guruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuzlangan baliq, paxta, shoyi matolar, movut, kimxob va gilamlar olib borib sotilgan. Bulg'or va Xazardan qimmatbaho mo'ynalar, shamlar, cho'qqi qalpoqlar keltirilgan. Pul Ichki bozorlarda «fals» deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga - dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a'zolaridan bo'lgan ba'zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig'i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so'qilar edi. Somoniylar «ismoiliy», «muhammadiy» nomlari bilan yuritilgan bir necha kumush dirhamlar chiqargan edilar. Ular orasida «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, u asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan. Savollar 1. Somoniylar davrida qishloq xo'jaligining qaysi sohalari rivoj topdi? 2. Bu davrda qanday mevalar yetishtirilgan? 3. Hunarmandchilikning qaysi turlari rivojlangan? 4. Somoniylarning pul birliklari haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. Konchilikda qanday ma'danlar qazib olingan? 6. Ichki va tashqi savdo haqida nimalarni bilib oldingiz? 7. Turkistonda qachondan boshlab choy iste'mol qilina boshlangan? Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling