A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Somoniylar hokimiyatining inqirozi
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- *X asrga kelib tarix sahnasida yangi ijtimoiy tabaqa paydo boldi. U ijarachi qoshchi yoki barzikor deb yuritilgan.
- Gaznaviylar davlati
Somoniylar hokimiyatining inqirozi
Somoniylar harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamalakatda iqtisodiy tanglik sodir bo'ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan amirning muntazam turk sarbozlari qo'shiniga maosh to'lash uchun mablag' topilmaydi. Bunday og'ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. *X asrga kelib tarix sahnasida yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo'ldi. U ijarachi qo'shchi yoki barzikor deb yuritilgan. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo'zg'alishiga sabab bo'ladi. Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko'taradi. Saroy sarbozlari va Chag'oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag'oniy yordamida u Buxoro taxtini egallab oladi. Ko'p vaqt o'tmay Abu Ali Chag'oniyning o'zi ham hukmdorga qarshi isyon ko'taradi. Nuh qo'zg'olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag'oniyni u avval Chag'oniyonga, so'ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo'ladi. 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g'alayoni ko'tariladi. Qo'zg'olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o't qo'yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi. G'aznaviylar davlati Mamlakatda sodir bo'lgan og'ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblari saroy gvardiyasining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari to'la ular qo'lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni Hojib-ul-hojib yoki Hojib-ul-buzruk kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar. 962-963-yillarda G'azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. G'azna va Kobul viloyatlarini u mustaqil idora etishga intilib, G'aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G'azna shahrida qaror topgan. G'aznaviylaming siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977-997) ortib. somoniylar tomonidan e'tirof etilgan. Mahmud G'aznaviy davrida (997-1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Davlat chegarasi g'arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi, shimoli g'arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho'zilgan. Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o'z ichiga olgan va Janubiy Balujistongacha yetgan edi. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G'aznaviy ularaing Xurosondagi hududini, so'ng Xorazm davlatini (1017) ham o'z saltanatiga qo'shib olgan. Ammo Mas'ud G'aznaviy davrida (1030-1041) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo'ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibat 1186-yilda G'aznaviylar davlati butunlay tugatilgan. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling