A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
-§.QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAHR
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
17-§.QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAHR
Tayanch tushunchalar: Qoraxoniylar davlati. Movarounnahrning egallanishu Qoraxoniylar davlatining bo'linib ketishi. Davlat boshqaruvu Qoraxitoylar hujumi. Aziz o'quvchi! Siz VIII asr o'rtalarida Yettisuv o'lkasida tashkil topgan Qarluqlar davlatini eslang. IX asr o'rtalarida Qarluqlar Issiqko'lning janubiy sohili va Qoshg'arda yashagan yag'mo qabilasi hamda o'zlaridan shimoli sharqda yashovchi chikil, sharqroqda qaror topgan o'g'uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan hududda dastavval «Xoqoniya» o'lkasi deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat hukmdorlari «jabg'u» deb yuritilgan unvonning o'rniga o'zlarini «qoraxon», ya'ni «buyukxon» deb ataydilar. XI-XII asrlarda «Xoqoniya» rivoj topib kuchaygach, u «Qarluq-Qoraxoniylar» davlati nomini olgan. Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari «arslonxon», «bug'roxon» va «tavg'achxon» unvonlari bilan yuritilgan. Bu uchta atama oliy darajali hukmdor ma'nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug'lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so'zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o'tirgan arslonxon, bug'roxon va tavg'ochxonlar «qoraxon» deya e'tirof etilgan. Ular boshqargan davlat esa tarixda keyinchalik ramziy ravishda «Qoraxoniylar davlati» nomi bilan shuhrat topgan. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 992-yilda Horun Bug'roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G'aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma mingli qo'shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglar-dan so'ng qoraxoniylar noibi qo'shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtegin va o'g'li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og'ir bir sharoitda xiyonat ro'y beradi. Ya'ni Sobuqtegin qo'shini Buxoroni egallaydi. So'ng'ra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonda hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahming markaziy qismigina beriladi xolos. Biroq ko'p vaqt o'tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling