X asr oxirida Somoniylar hukmronlik qilgan hudud o'rnida Qoraxoniylar va G'aznaviylar davlati tashkil topdi.
Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi
Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay qoraxoniylar va g'aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Lekin Mahmud G'aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boiadi. Bu davrda saljuqiylar g'aznaviylarga xavf sola boshlaydi.
Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritegin 1038-yilda Amudaryo bo'yi viloyatlan - Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni g'aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnahmi va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog'unda bo'lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Ibrohim Bo'ritegin «bug'roxon» unvonini olgan.
Davlat boshqaruvi
Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo'lib idora qilardilar. Ulami eloqxon va takin (yoki tegin)lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U Samarqandda taxtga o'tirgan. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar, sohibbaridlar, mustovfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raislar tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona jfliinosabatlar o'matadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ulaming obro'yi har qachongidan ham balandga ko'tariladi.
Qoraxoniy hukmdorlari garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog'un, Qoshg'ar, Taroz, O'zgan, Samarqand va Buxoro kabi shaharlami davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog'lashga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |