A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-§. MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTIDA YANGI DAVR (IX-XIIIASR BOSHLARI) Madaniy va manaviy uygonish
Abu Mansur al-Moturidiy
Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870-yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog'ida tug'ildi. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma'naviy-axloqiy kamolot shiaridan ta'lim berishga mo'ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan «Kitob at-Tavhid» («Allohning birligi») va «Ta'vilot ahl as-sunna» («Sunniylik an'analari sharhi») nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shakllanishi mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari o'zbek tilida nashr etildi. Savollar 1. «Bayt ul-hikma» haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Xorazmiyning matematika fanida tutgan o'rni nimalardan iborat? 3. Ahmad al-Farg'oniy va umng ilmiy merosi haqida gapirib bering. 4. Imom al-Buxony va uning llmiy merosi ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. Abu Mansur al-Moturidiy lslom ta'limoti ravnaqiga qo'shgan hissasi haqida nimalarni bilib oldingiz? 21-§. MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTIDA YANGI DAVR (IX-XIIIASR BOSHLARI) Madaniy va ma'naviy uyg'onish IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy hayot-ning rivoji uchun keng yo'l ochiladi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg'onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi mar-kaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do'konlari qurilgan. Movarounnahr va Xorazm jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk siymolarni o'z bag'rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi. 1004-yil «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi») - «Ma'mun akademiyasi» shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil etgan. 1017-yil Mahmud G'aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan so'ng «Dorul hikma va maorif» faoliyati tugatilgan, olimlarning ko'pchiligi G'azna shahriga majburan olib ketilgan. 1997-yil 11-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to'g'risida»gi farmoni chiqdi. 2006-yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Ma'mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling