*Abu Ali ibn Sino Sharqda «Shayx ur-rais», G'arbda esa «Avisenna» nomlari bilan shuhrat topdi.
Beruniy
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Xorazmning Kat shahrida tug'ilib, Urganchda ta'lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos II saroyida to'plangan olimlar bilan birgalikda Ma'mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G'azna shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G'aznada vafot etadi.
Beruniy astronomiya, geografiya,matematika va tarix fanlari bo'yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindis ton», «Mineralogiya», «Geodeziya»kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o'zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o'rta asrlarda birinchi bo'lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo'shilgan ulkan hissa bo'ldi.
Qoraqalpog'istondagi shahar, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat Texnika universiteti Beruniy nomiga qo'yilgan. Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.
Mahmud Zamaxshariy
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan chanqoqlik uni Buxoro,Marv,Nishopur,Isfaxon, Shorn, Bag'dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o'rganishiga sabab bo'ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlarni to'playdi.
Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag'ishlangan «Al-Mufassal», Qur'oni karim tafsiriga oid «Al-Kashshof» asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy «Arab va g'ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan. Qohiradagi dunyoga dong'i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham «Al-Kashshof» asosida Qur'oni karimni o'rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |