A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Kalom - islom ta'limotini asoslab beruvchi diniy ilm


Download 397 Kb.
bet50/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Kalom - islom ta'limotini asoslab beruvchi diniy ilm
* Metafizika - sezgilar vositasida anglab olish mumkin bo'lmagan obyektlarni (sifat, mazmun, mohiyat, hodisa) tadqiq etuvchi fan
* Muallimus-soniy - ikkinchi muallim. Farobiy shu nom bilan ulug'langan
* Falsafa - hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini o'rganuvchi fan
* Shayx ur-rais - donishmandlar sardori
Burhonuddin al-Marg'inoniy
Mashhur fiqh (huquqshunos) olimi Burho­nuddin al-Marg'inoniy 1123-yilda Rishtonda (Farg'ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg'inoniyning eng nodir asari to'rt jildlik «Hidoya» asaridir. «Hidoya» islom huquqshunosligi bo'yicha mukammal asar bo'lib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo'llanma vazifasini о'tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda.
2000-yilda al-Marg'inoniyning 910 yilligi nishonlandi.
Turkiy yozma adabiyot
Bu davrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og'zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojibning (XI asr) «Qutadg'u bilig», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat» kabi asarlaridir.
Bu davr turkiy adabiy tili eski o'zbek va uyg'ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo’ldi.
Savollar
1. Nima uchun IX-XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiV etdi?
2. «Ikkinchi muallim» - Farobiy ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Ibn Sinoning jahon fanida tutgan o'rniga baho bering.
4. Beraniy va Zamaxshariy ijodini ta'riflang.
22-§. ME'MORCHILIK, SAN'AT, MUSIQA VA DINIY E'TIQOD
Tayanch tushunchalar: Me'morchilik. San'at. Din. Tasavvuf. Tariqat Mafkura.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling