16-§.IX-X ASRLARDA YER-MULK MUNOSABATLARI. SOMONIYLAR SULOLASINING INQIROZI. G’AZNAVIYLAR DAVLATI
Tayanch tushunchalar: Mulki sultoniy. Mulk yerlaru Mulki xos. Somoniylar hokimiyatining inqirozu
Yer egaligining turlari
Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining «mulki sultoniy», «mulk yerla-ri», «vaqf yerlari», «mulki xos» va «jamoa yerlari» deb ataluvchi 5 tun mavjud bo'lgan.
Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo'l ostidagi yerlar «mulki xos» deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo'lgan mulkdorlar Iqto mulki davlatga ko'pincha hosilning 1/10 hisobida ushr solig'ini to'lagan, xolos. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar mulklar yerlari (iqto yerlari) deb yuritilgan.
Iqto
X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulk «iqto», unga ega bo'lgan mulkdorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat yoki shahar-lar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a'zolari - amirzodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan naslga o'tkazilmagan. Iqtodorlar o'ziga in'om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma'lum qismini yig'ib olish huquqiga ega boiganlar.
Bulardan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida ham ma'lum hajmda yer maydonlari saqlanib, ular «jamoa yerlari» hisoblanar edi. Ular asosan lalmikor va tog'oldi yerlaridan iborat bo'lgan.
Barzikor-qo'shchilar
Aziz o'quvchi! Siz ilk o'rta asrlardan boshlab zodagonlarga tegishli yerlarda ishlagan mutlaqo yersiz, mulksiz qishloq aholisi - kadivarlar hayotini eslang. IX-X asrlarda esa katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko'ra, o'z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a'zolariga ijaraga berishni afzal ko'radilar. O'sha za-monda ijarachilar «barzikor» yoki «qo'shchilar» deb atalardi. Barzikor-qo'shchilarning sheriklikka ekkan yerlardan oladigan hissasi turlicha edi. Agar barzikor o'z urug'i va qo'shi bilan dehqonchilik qilsa, uning hissasi hosilning 1/3,1/4 yoki 1/5 miqdorida belgilanardi. Na qo'shga va na urug'likka ega bo'lmagan qo'shchi hosilning 1/10 yoki 1/12 ulushiga ega bo'lardi. Davlat soliqlari (xiroj va ushr) yer egasidan ham, qo'shchilardan ham alohida-alohida olinar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |