A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


*Saljuqiylar - o'g'izlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib, davlat tashkil qilgan qismi


Download 397 Kb.
bet40/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

*Saljuqiylar - o'g'izlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib, davlat tashkil qilgan qismi
*Sadr - diniy unvon. Vaqf mulklarining boshqaruvchisi
Qoraxitoylar hujumi
Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o'zining avvalgi mavqeyini yo'qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchradi va unga qaram bo'lib qoladi. XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar - ko'chmanchi qoraxitoylar (mo'g'ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo'ldi.
Go 'rxon Bolasog'un shahrini Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan.
* Go'rxon - Qoraxitoylar davlatining hukmdori
Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o'rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ulaming jangovar qo'shinlari avval Shosh va Farg'onaga, so'ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda ular Xo'jand shahri yaqinida qo­raxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. O'zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o'z yurt-lariga qaytib ketadilar. Lekin sulh uzoqqa cho'zilmaydi. Oradan to'rt yil o'tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar. 1141-yilda bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylar g'alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi.
Savollar
1. Qoraxoniylar davlati qanday tashkil topdi?
2. Qoraxoniylarni Movarounnahrga hujumi haqida gapirib bering,
3. Qoraxoniylar davlatining ikkiga bo'linishi qanday yuz berdi?
4. Qoraxoniylarda davlat boshqaruvi qanday tashkil etilgan edi?
5. Qoraxitoylar qanday qabilaga mansub aholi?
6. Qoraxitoylar hujumi qaysi viloyatlardan boshlandi?
18-§. XI-XII ASRLARDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: «Dehqon» atamasining yangi mazmuni
Qishloq xo'jaligidagi ahvol
XI asrda Movarounnahrga kirib kelgan ko'chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O'tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan qabilalaming asosiy mulkiga aylantiriladi.
Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko'chmanchilar o'rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o'z yerlarini tashlab ketishga majbur bo'ladilar. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor dehqonlar yersuv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o'zining ilgarigi o'rni va ahamiyatini butunlay yo'qotadilar.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling