A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Qarluqlar - turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g'arbiy qismidagi Irtish daryosi bo'yida yashaganlar


Download 397 Kb.
bet30/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Qarluqlar - turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g'arbiy qismidagi Irtish daryosi bo'yida yashaganlar
* O'g'uzlar - O'rta Osiyoda yashagan turkiy qabila
Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrgina emas, balki butun O'rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Bu davlatlarning aholisi shu hududda yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta'sir qildi. Masalan: qarluqlar o'zbek va tojiklarning, o'g'uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o'ynadi.
Tohirivlar davlati
VIII asr oxiri-IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og'ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o'zgartirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o'z tasarruflariga o'tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko'proq rol o'ynaydigan bo'lib qoladilar. Bunga, ayniqsa, xalifa Horun ar-Rashid (786-809) vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun bilan Amin o'rtasida 809-813-yillarda taxt uchun bo'lgan kurash katta yo'l ochib berdi.
Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko'taradilar. Bundan norozi bo'lgan Ma'mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag'dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, Ma'mun xalifalik taxtiga o'tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma'mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg 'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ini tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.
Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 822-yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatadi.
Bu amalda Bag'dod bilan aloqani uzish va o'zini mustaqil deb e'lon qilish edi. Biroq ko'p vaqt o'tmay u to'satdan vafot etadi. Tohirning o'g'illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasining o'rniga birin-ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros bo'lib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko'chiriladi.
Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, o'z navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmronligining tugaganligini bildirardi.
* G`oziy - Haq din uchun kurashuvchi jangchi

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling