A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Umaviylar - Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola


Download 397 Kb.
bet26/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Umaviylar - Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola
* Abbosiylar - Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub, 750 -1258-yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola
Savollar
1. Nega xalifalikda umaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga keldi?
2. Abu Muslim qo'zg'olonida ishtirok etgan turli tabaqa vakillarining maqsadlanni taqqoslang.
3. Abu Muslim qo'zg'oloni natijalari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Nima uchun Abu Muslim o'ldirildi?
12-§. «OQ KIYIMLILAR» QO'ZG'OLONI
Tayanch tushunchalar: «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni. Muqanna. Rofe ibn Lays.
«Oq kiyimlilar»
769-783-yillarda Movarounnahrda juda katta xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tgan. Qo'zg'olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalmish Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo'lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog'ida tug'ilgan. U boshi va yuziga ko'k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham uni «Muqanna», ya'ni «Niqobdor» laqabi bilan atashgan. Muqanna yoshlik chog'ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug'ullangan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo'lgan. Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasigacha ko'tarilgan. U Mazdak g'oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da'vat etuvchi ta'limotni targ'ib etgan. Muqanna Xuroson amirining isyonida qatnashib, payg'ambarlik da'vosini qilgani uchun zindonga tashlangan, so'ngra qochib Mavrga kelgach, atrofiga o'z tarafdorlarini to'plagan. Ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo'zg'alishga da'vat qilib, Movarounnahr viloyatlariga targ'ibotchilarni yuborgan. Uning targ'iboti Naxshab va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. «Oq kiyimlilar»ning safi tobora kengayib boradi. Ularga bevosita rahbarlik qilish maqsadida Muqanna Sug'd tonion otlanadi. Uni Marvdan Sug'dga o'tkazmaslik uchun arab ma'murlari ta'qibni kuchaytiradilar. Amudaryo sohilini suvoriylardan iborat katta harbiy kuch kecha-yu kunduz muttasil qo'riqlab turadi.



Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling