A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Islohot - mavjud tartibni o'zgartirish


Download 397 Kb.
bet23/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Islohot - mavjud tartibni o'zgartirish
* Farmon - qonun kuchiga ega bo'lgan buyruq
Qo'zg'olonchiiarga yon berilishi
Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maq-sadida Xuroson noibi Ashros islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz'ya soliqlari-ni olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaq-tinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko'pi o'z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o'tadi-lar.
Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738-748) mamlakatda o'z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o'tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz'yadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e'tiqodidan qat'i nazar ularning xiroj to'lashi shart qilib qo'yiladi.
Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o'rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o'rnatiladi. Ayni vaqtda o'zi ham namuna ko'rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida, shubhasiz, arablar bilan mahalliy zodagonlar o'rtasida ma'lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu ozodlik yo'lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera ol­maydi. Movarounnahr xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o'lkalardan bin bo'lib qolaveradi.
VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad payg'ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali xalifalik uchun kurash boshlaydi. Umaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblandi. Hokimiyatni abbosiylarga topshirish kerak degan da'vo ilgari surildi. Shu tariqa xalifalikda umaviylar hukmronligini ag'darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.
Savollar
1. Xalifalik bosqinlariga qarshi qo'zg'olonning sabablarini qayd eting.
2. 720-yildagi Sug'd qo'zg'oloni va uning natijalari haqida gapirib bering.
3. Bosqinlarga qarshi qo'zg'olonlar oqibatida qanday o'zgarishlar yuz berdi?
4. Arab xalifaligida siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan omillarni qayd eting.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling