A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Xalifalik istilochilari aholidan xiroj, ushr, zakot, jiz'ya soliqlarini undirganlar


Download 397 Kb.
bet22/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Xalifalik istilochilari aholidan xiroj, ushr, zakot, jiz'ya soliqlarini undirganlar.
Savollar
1. Xalifalik istilosi Movarounnahrda qanday oqibatlarga olib keldi?
2. Mahalliy aholini islomga kirgizishda qanday yo'llardan foydalanildi?
3. Istilo mahalliy madaniyatga qanday ta'sir ko'rsatdi?
4. Mahalliy xalqning islomga kiritilishining oqibatlari haqida nimalar deya olasiz?
10-§.XALIFALIKKA QARSHI XALQ HARAKATLARI
Tayanch tushunchalar: Xalq noroziligi. G'urak va Divashtich qo'zg'olonlari. Moliyaviy islohot Umaviylar.
Qo'zg'olonning sabablari
Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, zulm hamda arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo'rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo'zg'olonlar ko'tarilishiga sabab bo'ldi.
Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo'ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo'ldi. U yangi yerlami bundan buyon zabt etishni to'xtatish hamda moliyaviy islohot o'tkazish to'g'risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jiz'ya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko'pchiligi o'zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to'lamay qo'yadi. So'ngra xali­falik ma'muriyati bir yo'la hammadan jiz'ya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma'muriyati o'rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo'zg'olonlari ko'tariladi.
Qo'zg'olonlarning boshlanishi
Bunday qo'zg'olonlardan biri 720-yilda Sug'dda boshlandi. Qo'zg'olonga Sug'd ixshidi G'urak va Panjikent hokimi Di­vashtich boshchilik qiladilar.
Sug'dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari keladi. Sug'ddagi barcha hokimliklar aholisi ko'tariladi. Qo'zg'olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba beradilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o’lpon va e'tiborli vakillarini qo'zg'olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
721-yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq qo'zg'olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan edi. Unga sug'dliklar qo'zg'olonini bostirish va ularni islomga qaytarish vazifasi topshiriladi. Xo'jandda bo'lib o'tgan jangda qo'z­g'olonchilar yengiladi. Said Xaroshiy Movarounnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Biroq, qo'zg'olonni to'la bostirishga erisha olmaydi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling