A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Qo'zg'olonning boshlanishi


Download 397 Kb.
bet25/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Qo'zg'olonning boshlanishi
748-yilning boshida Abu Muslim Xuroson­ning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o'z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo'zg'olonchilarga qarshi safar-bar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi.
749-yilda Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'l oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xonadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi.
Abbosiylar davrida Movarounnahr
Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbo­siylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda davlat va harbiy kuchlaraing yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq ab­bosiylar uning xalq orasidagi obro'yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi.
Mehnatkash aholi o'rtasida abbosiylarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750-yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo'zg'olonni arang bostirdi.
Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy impera-torining qo'shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomo­nidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va sug'd, shuningdek, turklardan iborat harbiy kuch 751-yilda Talos vodiysida Xitoy qo'shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi.
Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo'lsa-da, ammo abbosiy hukmdorlar unga ishonmas edilar. 755-yilda qurolsiz va yolg'iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buying'iga binoan o'ldiriladi. Abu Muslimning o'ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo'ladi.



Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling