A. N. Sam adov I f. n., dotsent


Innovatsion m arketingda m ahsulot qim m atini yaratish


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/87
Sana23.08.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1669469
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
Ergashxo`jaeva SH. J.Innovarsion marketing

Innovatsion m arketingda m ahsulot qim m atini yaratish. 
Mu- 
vozanatlangan qadriyatlar tizimi mezonlari qatoriga quyidagilar ki­
radi: texnologiyalar, mahsulotning o ‘zi, bozor va kompaniya.
Xarid haqidagi qarorlarni novatorlar va ilk izdoshlar qabul qiladi­
gan ilk bozorda, Jeffri Murning nazariyasiga ko‘ra, asosiy qadriyat 
mezonlari texnologiya va mahsulotning o ‘zi hisoblanadi. Qarorlar 
ilk k o ‘pchilik, kechki ko‘pchilik va konservatorlar tomonidan qabul 
qilinadigan asosiy bozorda birinchi o ‘ringa bozordagi yetakchilik, 
kompaniya nufuzi va barqarorlik chiqib oladi. Bu nuqtayi nazardan 
ilk bozordan asosiy bozorga o ‘tish mahsulotga yo ‘nalganlikdan bo­
zorga y o ‘nalganlikka o ‘tishni ifodalaydi.
122


Klassik marketing nuqtayi nazaridan differensiatsiya mahsulot 
ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin narx belgilash, sotuv- 
ni rag‘batlantirish bo ‘yieha chora-tadbirlar va reklama strategiyasi 
kabi faoliyat turlarining gali keladi. «Afsuski, shu paytdan boshlab, 
marketologlar mahsulotga qiziqishni yo'qotadilar: mahsulot ishlab 
chiqilgandan so‘ng unga narx belgilanib, sotuvni rag'batlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar o ‘tkazilgach, marketing o ‘z vazifalarini 
bajarib b o id i deb hisoblanadi. Biroq aynan shu paytda - mahsulot 
iste’molchilarga sotish uchun tayyor bo ‘lgan vaqtda - differensiat- 
siyaning roli yanada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi»'. Aynan shu 
paytda differensiatsiya jarayonini boshqarish vazifasini sotuvchilar 
o ‘z zimmasiga oladi.
Reklama, masalan, diqqat-e’tiborni ushbu mahsulotning kuchli 
tomonlari namoyon bo‘ladigan va, ehtimol, maqsadli bozor xaridor- 
larining ko‘pchiligiga eng katta ta ’sir ko ‘rsatadigan sohalarga qa- 
ratadi, mos keluvchi mahsulotni differensiatsiyalaydi.
Ularning bozorga chiqishi negizida mijozlarning psixografik su- 
ratini chizish innovatsion mahsulot uchun marketing dasturini qan­
day ishlab chiqish haqida aniq tasavvur beradi.
Texnologiya qabul qilishning bir segmentidan boshqasiga o‘tish 
marketing borasida ham, kommunikatsiyalar borasida ham juda 
murakkab, chunki har safar yangi strategiyalami endi-endi amaldagi 
strategiyalarga ko‘nikilgan bir paytda qabul qilishga to 'g 'ri keladi.
Asosiy bozorga chiqish rejasi jarlikdan o'tish uchun quyidagi alo­
hida dasturlar ishlab chiqishni o ‘z ichiga olishi lozim:
- innovatsion mahsulotning yagona identifikatsiyalangan iqti­
sodiy xaridorini tanlash (bozorni segmentlash);
- innovatsion mahsulot xarid qilishning iqtisodiy oqibatlari yoki 
hal qiluvchi xarid omilini aniqlash;
- maqsadli xaridorga tugallangan yechim taklif etish (to‘ldirilgan 
tovar);

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling