A. N. Sam adov I f. n., dotsent


Iste’m ol tovarlari bozorida innovatsiyalarni


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/87
Sana23.08.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1669469
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
Ergashxo`jaeva SH. J.Innovarsion marketing

9.2. Iste’m ol tovarlari bozorida innovatsiyalarni 
siljitish kanallari
Kommunikatsion jarayon oldiga qo ‘yilgan maqsadlarga erishish 
uchun signalni kodlashning eng yaxshi usulini tanlash va optimal 
kommunikatsiya kanallaridan foydalanish kerak. Am aliyotda kod- 
lash usuli deyarli har doim kommunikatsiya kanali belgilab be­
radigan imkoniyatlar va cheklovlarga bog‘liq b o ia d i. Shu sababli 
iste’molchilar bilan kommunikatsiyalarning eng qulay shakllarini
innovatsion mahsulotlarni siljitishning integratsiyalashgan tizimi 
doirasida ulardan foydalanish proporsiyalari va uyg'unliklarini tan- 
lashning amaliy vazifasi mohiyatan qaysidir m a’noda butun kom ­
munikatsiya kompaniyasi samaradorligi va muvaffaqiyatini belgilab 
beradigan strategik vazifaga aylanadi.
Hozirgi paytda bizning shaharlarda deyarli barcha joylarda kom­
munikatsiya kanallarining barcha asosiy turlari tarqalgan. Albatla,
145


yirik shaharlarda bu kanallar, ayniqsa, rangba-rang bo‘lib, xaridor­
lar bilan sifatli va unumdi kommunikatsiyalar jarayoni tashkil qilish 
borasida sotuvchilar oldida keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq 
hattoki aholi soni kam b o ig a n kichik shaharlarda ham bugungi kun­
da innovatsion mahsulotlarni siljitish amaliyotida rivojlangan va 
zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan foydalanish uchun barcha 
zarur sharoitlar mavjud, an’anaviy kanallardan birontasi yaxshi ifo- 
dalanmagan joylarda esa ularni rivojlantirish uchun imkoniyatlar 
mavjud.
Eng ommaviy va an’anaviy foydalaniladigan kommunikatsiya 
kanallari quyidagilardir:
- bosma nashrlar (asosan, gazeta va jum allar);
- xabar berishga oid kanallar (asosan, radio va televideniya);
- ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi 
reklam a);
- ko'rgazm a va yarmarkalar;
- internet;
- kundalik yoki bir martalik foydalaniladigan ayrim predmetlar 
(avtoruchka, yondirgich, o‘rov paketlari va h.k.);
- foydalanuvchilar uchun tavsiya va y o ‘riqnomalar (mahsulot bi­
lan birga beriladigan yoki internet orqali yuklab olinadigan);
- iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot va ishbilarmonlik yozish- 
malari.
Yuqorida keltirilgan ro ‘yxat so‘zning asl m a’nosidagi tasnif hi- 
soblanmaydi, chunki u yaqqol ifodalangan tasniflash belgilariga ega 
emas. Lekin, shunga qaramay, unda iste’molchilarni innovatsion 
mahsulot haqida xabardor qilishning barcha asosiy usullari yodga 
olib o'tilgan. Bu kanallarning har biri ularni tanlashda hisobga olish 
lozim bo‘lgan o'ziga xos xususiyatlar, imkoniyatlar va cheklovlar 
bilan ajralib turadi.

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling