A. N. Sam adov I f. n., dotsent
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergashxo`jaeva SH. J.Innovarsion marketing
M ahalliy kanallar.
Mahalliy kanallar o ‘z nomidan kelib chiqqan holda mahalliy guruhlarga xizmat ko'rsatadi. Axborotni kerakli paytda kerakli joyga kelganlar oladi. Mahalliy kanallar bizni ommaviy sotuvlar emas (chunki buni hamma ham sotib ola olmaydi), balki tovarning qimmat ekanligi yoki maxsus vazifalarga y o ‘naltirilganligi (masalan. kolyaskalar faqat yosh bolali oilalarga - katta guruhga kerak, qimmat kolyas- kalami faqat yosh bolasi b o ig a n badavlat oila - kichik guruh xarid qila oladi) bilan qisqartirilgan sotuvlar qiziqtirgan holatda zarurdir. Bu holatda ommaviy kanallardan foydalanish - asossiz ravishda pul- ni ko‘kka sovurishdir. Misol: ikkita zoologga qo‘riqxonadagi nosoroglami sanab chi qish topshirildi. Birinchi zoolog vijdonan bunga bir oy vaqt sarfladi. Ikkinchi zoolog esa oxirgi kun keldi va u ham sanab chiqdi. Va, ajab- lanarlisi, ularning natijalari bir xil chiqdi. Birinchi zoolog hayron bo‘lib ikkinchi zoologdan qanday qilib buning uddasidan chiqqan- ligini so‘radi. Ikkinchi zoolog: «Men shuni bilamanki, BARCHA yo‘lbarslar HAR KUNI aynan SHU YERDA suv ichadi, men ularni mana shu yerda sanab chiqdim», - deb javob berdi va ularning suv ichadigan joyini k o ‘rsatdi. Xulosa qilib shuni aytish m um kinki, ularning yuradigan y o ‘lla- rini topib, bu y o ‘lda o ‘zining axboroti bilan bo ‘lish m umkin bo‘lgan bir paytda potensial m ijozlarni butun shahar bo'ylab izlash shartm ikan? Bugungi kunda tug‘ruqxonadan chiqayotgan yosh onalarning ko‘pchiligi reklama bukletlari va bepul taglik namunalari, bolalar ozuqasi va go'daklar uchun kosmetika mahsulotlari to ‘plamini sovg‘a tariqasida olmoqda. Bolalar kosmetikasi markalari bilan tani- shuv ko ‘pincha aynan shunday boshlanmoqda. Bunday mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firmalar, asosan, tovarlarni siljitishning shu usuli- dan foydalanadi. Albatta, ular to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri reklamasiz ish ba- jarmaydi, biroq eng katta samarani keng miqyosli televizion rekla- 143 ma emas, balki pediatrlar orqali (fikrlar yetakchilari orqali shaxsiy kanal), tug‘ruqxonalar orqali va yosh onalar uchun ixtisoslashgan nashrlar orqali siljitish yordam bermoqda. Ikkita aniqlik kiritib o ‘tamiz: «Suvloqlar» doimiy (bizdan doimo mustaqil) va maxsus tashkil qilingan (tematik ko‘rgazmalar, bayram va shoular, taqdimotlar, tematik m a’ruzalar va h.k.) b o iish i mumkin. Oyoq bilan yurish, ko‘z (ko‘rish) va quloq (tinglash) bilan «yu- rish» mumkin. Shunday ekan, mahalliy kanallar («suvloqlar») tabiiy (u yerga boriladi) va axborot (tinglanadi va ko‘riladi) turlarda b o iish i mum kin. ularni alohida ko‘rib chiqamiz. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling