A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada bolalar kiyimini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet100/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada bolalar kiyimini namoyish etish. Bolalar kiyimlari, xuddi erkaklar va ayollar kiyimi kabi, manekenlarda, dekoratorlarning o‘zi har bir tovar uchun sim va kartondan yasaydigan alohida taglik-karkaslarda namoyish etiladi. Sim va karton bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lgan dekorator uchun ko‘ylakcha, koftacha, shimchalar uchun karkas tayyorlash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki bolalar kiyimining bichimi chiziqlari nisbatan oddiy bo‘lib, murakkab hajmiy konstruksiyalar talab qilmaydi. Eng kichik bolalar uchun kiyimlarni kaspron ipda osib qo‘yish yoki osma dekorativ yuzalarga mahkamlab qo‘yish mumkin. Bolalar manekenlari, yarim manekenlar, kiyim osgichlar, turli tagliklar va ilgaklarda o‘g‘il bolalar uchun kiyimlar namoyish etiladi. Erkaklar kiyimini namoyish etishda bo‘lgani kabi, dastlab manekenning qo‘llari echib olinadi va ular kiyim engiga kiritilgach, elka sharnirida mahkamlanadi. So‘ngra manekenga kostyum kiydiriladi. Shim qarmoq ipidan yasalgan bog‘ichlarga mahkamlanadi. O‘g‘il bolalar kiyimlarining boshqa turlari quyidagi inventar yordamida namoyish etiladi:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kostyumlar – metall novdadan bukib yasalgan bolalar figurasining shartli siluetida;
kostyum, kurtka, palto – sim yoki tol novdasidan yasalgan karkasda;
shim – ichiga solib qo‘yilgan qalin kartondan yasalgan karkas yordamida.
Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar uchun kiyimlar manekenlar, yarim manekenlar, kiyim osgichlar, turli tagliklar va ilgaklar yordamida namoyish etiladi. Ularni namoyish etish usullari quyidagicha:
engil kiyim vitrinada qarmoq ipi bilan osib qo‘yiladi, unga harakat taassuroti uyg‘otish uchun ko‘ylak etagining qayirilgan joyiga sim o‘tkaziladi, shuningdek, karton qog‘ozdan yasalgan konuslar foydalaniladi;
yubkalar oldindan mankenga qog‘ozdan yassalgan yubka qadagan holda namoyish etiladi.
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi maxsus taglikka yoki olib qo‘yilgan yuzaga ikkiga buklab taxlangan holda joylashtiriladi. Kichkintoylar uchun kiyimlar aralash turdagi vitrinada joylashtiriladi, ya’ni emaklaydigan bolalarning maxsus kiyimlari, chaqaloqlar yaktakchasi, kombinezonlar, kaporlar bolalar oyoq kiyimi va o‘yinchoqlari bilan birgalikda namoyish etiladi. Bolalar kiyimlarini ekspozitsiya qilishda barcha elementlar guruhlangan bo‘lishi, vitrina bo‘ylab sochib tashlanmasligi va bir biriga qat’iy mos kelishi lozim. Yo‘ldosh tovarlar mavsumiylikka, bolaning yoshiga qarab, asosiy tovar atrofida joylashtiriladi. Bosh kiyim, oyoq kiyimi, bolalar galentereyasi bilan bir qatorda dekoratorlar o‘yinchoqlarni ham bolalar kiyimlarini ham qo‘yadi.
O‘yinga oid sohalarga guruhlangan o‘yinchoqlar bir pasda bolalarning e’tiborini namoyish etilayotgan tovarga qaratadi. Bu esa vitrina qo‘yilgan maqsadlarga erishishi muqarrar deganidir. Eng kichik go‘daklar uchun tovarlar – ko‘rpa, choyshab, tagliklar joylashtirish matolarni bezakdor qilib yasatish usullariga asoslanadi. Bunday tovarlar kompozitsiyasini bolalar aravachasi, xalq ertaklari mavzusidagi bezaklar bilan bezatish o‘rinlidir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling