A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada ayollar kiyimini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet99/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada ayollar kiyimini namoyish etish. Agar erkaklar kiyimini namoyish etish oddiyligi bilan ajralib turadigan bo‘lsa, ayollar kiyimini vitrinada joylashtirish nafislikka ega bo‘lishi va xilma-xilligi bilan ajralib turishi lozim. Ayollar kiyimining xilma-xil turlari quyidagi tarzda namoyish etiladi:

  • ko‘ylaklar, xalatlar, sarafanlar – manekenlarda;

  • bluzka va jaketlar – maxsus taglik yoki byustlarda;

  • yubkalar – biroz yassi kesik konus shakli bo‘yicha egiladigan
    kartonga tortilgan holda; klesh yubka yoki burama yubka korsajiga
    karton vkladish qo‘yiladi;

  • kostyumlar – maneken, yarim maneken, byust yoki takliklarda;

  • palto, plaщ – manekenda.

Eng oddiy usul kiyimni manekenlarda namoyish etish hisoblanadi. Manekenlarda namoyish etish tovar tanlashda albatta ularning o‘lchami, ko‘zi va sochining rangi va h.k. hisobga olinishi lozim. Manekenga kiydirishdan oldin kiyim yaxshilab tozalanadi va dazmollanadi. Dastlab manekenni buzilishdan saqlash uchun maneken kichik bir mato (eng yaxshisi flanel mato) bilan qoplanadi. So‘ngra maneken qo‘llari ajratiladi va unga ko‘ylak kiygaziladi. Agar ko‘ylakning pastki qismi keng bo‘lsa, dastlab manekenga yoki yarim manekenga qalin qog‘oz yoki kartondan yubka kiydiriladi. Qog‘oz yoki karton varaqlar maneken ko‘ylagiga to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi, hosil bo‘lgan «qo‘ng‘iroq» ko‘ylakning pastki qismi kengligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘ylak kiygazilgandan keyin maneken qo‘llari joyiga qaytariladi. Agar ko‘ylakning belbog‘i bo‘lsa, shu belbog‘ bog‘lanadi, agar belbog‘ bo‘lmasa – qo‘shimcha buramalar qilinadi va ko‘ylakning belga yopishib turishi uchun to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi. Buramalarga to‘g‘nag‘ich qadashda ko‘ylak fasoni buzilmasligiga e’tibor qaratish kerak.
Xuddi shu tarzda yubka bilan bluzka yoki kostyum, plaщ yoki palto kiygaziladi.
Dekoratorlarda karton, penoplast, novda va simlardan yasalgan xilma-xil yarim manekenlar juda ko‘p foydalaniladi. Ular manekenlarga qaraganda ko‘proq qo‘llanadi. Yarim manekenlar yordamida dekorator ayollar kiyimidan dinamik kompozitsiya yaratishi mumkin, chunki ularga turli holatlar bergan holda butun vitrina bo‘ylab ular bilan turli operatsiyalar bajarish oson. Ayol figurasi shaklini saqlagan holda yarim manekenlar shu bilan bir paytda inson bilan to‘liq o‘xshashlikka ega bo‘lmaydi va shu tariqa ularni vitrinada joylashtirishda dekorator fantaziyalarini chegaralaydi. Agar yarim manekenlar standart bo‘lsa, ularga kiyimni o‘lchami bo‘yicha tanlash kerak. Ayollar ko‘ylagi va bluzkalarini dekorator tomonidan penoplastdan yasaladigan kichkina ko‘krakli yarim manekenlarda namoyish etish usuli keng tarqalgan. Vitrinada ko‘rsatish uchun tovarni tanlab olgach, dekorator uning o‘lchamini aniqlaydi va mos keluvchi kichkina ko‘krakli yarim manekenlar tayyorlaydi. So‘ngra 8-12 mm qalinlikdagi penoplastdan tovar o‘lchami bo‘yicha ko‘kraklar yasaladi va to‘g‘nag‘ichlar bilan yarim manekenga mahkamlab qo‘yiladi. Agar ko‘ylak yoki bluzka engsiz bo‘lsa, yarim manekenning elkalari uchli qilib qo‘yilishi mumkin. ko‘ylak yoki bluzkaning engi bo‘lsa, maneken elkasini suyri, biroz oval qilish kerak. Yarim manekenning bo‘yin qismi to‘g‘ri yoki old yoki orqa tomonga biroz egilgan bo‘lishi mumkin. Bunday yarim manekenda pastki qismi keng bo‘lgan ko‘ylaklar namoyish etish qulay. Yarim manekenga kiygazilgan ko‘ylakni osonlik bilan kerakli joylarda to‘g‘nog‘ichlash, bel qismidan belbog‘ bilan tortish yoki oddiygina belga qadab qo‘yish mumkin. Yarim manekendagi ko‘ylak qarmoq ipi bilan shiftga vertikal holda ilib qo‘yiladi. Uni o‘ng yoki chap tomonga ma’lum bir burchak ostida ilsa ham bo‘ladi. Ko‘ylakning pastki qismi chetlari dekoratorning rejasiga qarab, qarmoq ipi bilan yuqoriga va yonga tortiladi. SHuningdek, bunday yarim manekenga kiygazilgan bluzka ham juda ko‘rkam ko‘rinadi. YUbkalarni turli usullar bilan namoyish etish mumkin bo‘lib, birinchi galda bu ularning fasoniga bog‘liq bo‘ladi. Tor yubkalarni belgilangan qiyalikda bluzkalar ostiga ilib qo‘yilgan karton konuslarda ko‘rsatgan ma’qul. Plisse qilingan yubkalar karton konusga to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi, qolgan qismi esa qarmoq ipi bilan tepaga va yonga tortib qo‘yiladi. Keng yubkalarni penoplastdan yasalgan, vertikal, qiya holda qo‘yilgan yoki vitrina polida gorizontal holatda yotgan to‘rtburchak planshetlarga qadalgan holda namoyish etish mumkin. Ba’zida ayollar kiyimini namoyish etish uchun simdan yasalgan byust-karkaslar qo‘llanadi. Ko‘ylak yoqasining fasoniga qarab, bunday karkasning bo‘yin shaklini sezilmaydigan qilish uchun osonlik bilan o‘zgartirish mumkin. Yoqa kesimi katta bo‘lgan ko‘ylakka simdan yasalgan byust-karkas ko‘proq to‘g‘ri keladi. Bunday sim karkaslar bilan ishlash juda qulay, chunki ular yordamida vitrinada deyarli istalgan ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Ularda pastki qismi keng bo‘lgan ko‘ylaklar o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Pastki qismi tor bo‘lgan ko‘ylaklarni namoyish etish uchun ko‘pincha kartondan yasalgan yarim manekenlar qo‘llanadi. Bunday yarim maneken ikki qismdan iborat bo‘ladi. Manekenning yuqori va pastki qismi shunday birlashtiriladiki, ular bir-biriga nisbatan harakatsiz bo‘lib turadi. Manekenning bo‘yin qismini bo‘yash, oq yoki rangli qog‘oz yopishtirish mumkin. Bunday manekenga ko‘ylak kiydirishda bo‘yin qismi qirqimi orqa tomondan mahkamlanadi.
Ko‘ylakning pastki qismi karton shaklga zich yopishib turishi kerak, buning uchun uning ortiqchasi orqadan to‘g‘nig‘ichlar qaadb qo‘yiladi, bunda ko‘ylak fasonini o‘zgartirmaslikka va ushbu model liniyalarini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ayollarning palto va plaщlari ham, xuddi erkaklarniki kabi, maneken, yarim maneken va tagliklarda namoyish etiladi. Ularni joylashtirish usullari ham erkaklar kiyimlari bilan bir xil. Ayollar kiyimi yonida joylashtiriladigan yo‘ldosh tovarlar asosiy tovarning rangiga, vazifalariga va mavsumga mos kelishi lozim. Bundan tashqari, ayollar palto va plaщlari ba’zida pape-mashedan yasalgan yarim manekenlarda o‘rnatiladi, bu dekoratorga ko‘rsatilayotgan tovar namunalariga dinamiklik baxsh etish imkonini beradi. Bunday yarim manekenlarda palto va plaщlar turli holatda ko‘rsatilishi mumkin. Dekorator tovarga xos bo‘lgan xususiyatlarni – bort liniyasi ko‘rkamligini, cho‘ntak tugmalarini, yoqa fasonini ta’kidlab ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Palto engidan o‘tkazilgan sim karkas-qo‘llar hisobiga paltoga qiziqarli holat baxsh etish mumkin. Bunday namoyish etishning asosiy usuli shundan iboratki, mahsulotning faqat yuqori (beldan tepa) qismi yarim manekenda mahkamlanadi va u bilan birga vitrinaga osib qo‘yiladi, uning etagi (pastki qismi) esa konus qilib yig‘ilishi yoki qarmoq ipi yordamida ikki yonga tortib qo‘yilishi mumkin. Bunday yarim manekenning bo‘yin qismi odatda mavsumga qarab, sharf yoki uchburchak ro‘mol bilan yopiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling