A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada trikotaj mahsulotlar namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet107/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada trikotaj mahsulotlar namoyish etish. Ayollar trikotaj ich kiyimi vitrinasi qoidaga ko‘ra, parfyumeriya va galantereya mollari bilan birgalikda namoyish etiladi. Barcha yo‘ldosh tovarlar hamohang bo‘lmaslik va e’tiborni o‘ziga jalb qilmasligi uchun rangi bo‘yicha puxtalik bilan tanlab olinishi kerak. Odatda trikotaj ichkiyim sim, penoplast, plastmass, karton va h.k.dan yasalgan maxsus engil tagliklarda namoyish etiladi. Biroq ularning barchasi toza, g‘adir-budurliksiz va ichkiyimning tovar ko‘rinishida buzishi mumkin bo‘lgan boshqa kamchiliklarsiz bo‘lishi lozim.
Mos keluvchi payvandlab yasalgan sim karkas bilan ishlashda kombinatsiya bog‘ichlari turtib chiqqan joyga bog‘lanadi, undan keyin butun taglik qarmoq ipiga ilib qo‘yiladi. Vitrina kompozitsiyasiga qarab kombinatsiyalar bel qismidan qarmoq ipi yoki mos keluvchi rangdagi ip bilan tortilishi yoki bel qismidan yarim aylanish shaklida erkin burib qo‘yilishi mumkin. Kombinatsiya chetlari xaridor uning to‘rlari jozibadorligini ko‘rishi uchun polga yoki shiftga qarmoq ipida tortib qo‘yiladi.Qarmoq ipi kombinatsiyaning eng pastidan ikki marta qadaladigan to‘g‘nag‘ich orqali o‘tkaziladi.
Kombinatsiyani penoplastdan qirqib yasalgan yarim manekenda namoyish etishda bog‘ichlar bantik qilib bog‘lanadi va taglikka to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. Bu holatda taglikning yassi ekanligi sababli kartondan yoki yumshoq alyumin simdan kerakli qavariqlikdagi rasm yasaladi va yarim manekenga mahkamlab qo‘yiladi (karton to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi, alyumin sim esa penoplastni teshib o‘tadi va bukib qo‘yiladi). Kombinatsiyadagi ortiqcha burmalar orqa tomonidan yig‘ib olinadi, diqqat bilan silliqlanadi va to‘g‘nag‘ich qadab qo‘yiladi. Erkaklarning trikotaj ichkiyimini vitrinada paketda yoki yig‘ilgan holatda, biroq xaridorga engi va bo‘g‘izi kesimi ko‘rinib turadigan tarzda namoyish etish tavsiya qilinadi. Erkaklar maykasini karton planshetlarga qadash va ilgari ishlab chiqilgan eskizga muvofiq, vitrinaning ishchi makonida ilib qo‘yish mumkin. Erkaklar va ayollar trikotaji vitrinada shuningdek, maxsus yoki dekorator tomonidan qo‘lbola materiallardan tayyorlangan tagliklarda ham namoyish etiladi. Ba’zida bo‘yin chizig‘ini belgilaydigan nuqtaga burchak ostida bukilgan sim yoki dor uchun ishlatiladigan chilvirdan foydalanish mumkin. Trikotajdan tayyorlangan ustkiyim vitrinada galantereya predmetlari - sharf, sumka, belbog‘, parfyumeriya tovarlari bilan birgalikda namoyish etilib, rangi bo‘yicha to‘plangan guruhlarga taqsimlanadi. Ranglarni va hamroh tovarlarni mohirona tanlashda trikotaj ustkiyimlar vitrinasini bezatuvchi dekorator juda katta samaraga erishishi mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling