A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada bosh kiyimini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet106/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada bosh kiyimini namoyish etish Bosh kiyimlar vitrinada maxsus yoki qo‘lbola tagliklar yordamida namoyish etiladi. Biroq ko‘pincha tematik vitrinalarni bezatishda dekorator imkoniyatlarini chegaralaydigan maxsus vitrina tagliklaridan voz kechish va yog‘och reyka, qarmoq ipi, chilvir, sim, novda kabi boshqa materiallardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Eng yaxshi reklama samarasini qo‘lga kiritish uchun tovarlar guruhlarini o‘zaro aralashtirib yubormaslik kerak. Erkaklar, ayollar va bolalar bosh kiyimini alohida guruhlarda joylashtirish, ularni har bir guruhda boshqa, muayyan belgilar (mavsumga qarab, rangi, o‘lchami, materiali – mato, charm, sun’iy charm) bo‘yicha taqsimlash tavsiya etiladi.
Universal do‘konlar vitrinalarini bezatishda bosh kiyimlar mos keladigan boshqa tovarlar: sharflar, uchburchak ro‘mollar, oddiy ro‘mollar, qo‘lqoplar, sumkalar, soyabonlar bilan birgalikda joylashtiriladi. Har bir muayyan holatda bosh kiyimini mahkamlab qo‘yadigan to‘g‘nag‘ichlar xaridorga ko‘rinmasligi, tovar yorliqlari esa bosh kiyimining ichga mahkamlab qo‘yishi va xaridorda o‘z ijrosi bilan betartiblik taassuroti qoldirmasliiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bosh kiyimlarini vitrinada joylashtirishning dekoratorlar tomonidan qo‘llanadigan eng oddiy va ko‘p qo‘llanadigan usullari qatorida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:

  • turli balandlikdagi payvandlab yasalgan takliklarda joylashtirish;

  • vitrinada turli balandlikda va kesishadigan burchaklar ostida tortilgan chilvirlarda joylashtirish;

  • dekoratorning fantaziyasi va oldindan o‘ylab qo‘ygan eskizlariga muvofiq vitrinada mahkamlangan bosh kiyimi vitrinalari.

Bu holatda, bosh kiyimlarni chilvirlarda maxqamlashda bo‘lgani kabi, ular uchun fon sifatida mos keluvchi rangga bo‘yalgan karton yoki faneradan yasalgan taxtachalarni qo‘llash mumkin;
bolalar uchun rangli beretlar va boshqa shlyapalar dekorativ mevalarni ifodalashi mumkin bo‘lgan quruq, ajoyib tarzda qayrilgan daraxt shoxlarida joylashtirish;

  • shlyapalar xuddi to‘nka yonida o‘sadigan qo‘ziqorin kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan daraxt kesiklari yoki to‘nkalarida joylashtirish;

  • vitrina poliga qoqib qo‘yiladigan, ulardan yashil rangli dekorativ barglar chiqib keladigan, o‘tkir sim novdalarda joylashtirish;

  • bosh kiyimlarni turli xildagi qor parchalari, kapalaklar va h.k. shaklidagi penoplast detallarda joylashtirish.

O‘z navbatida, bosh kiyimlar tayyor kiyimlarni vitrinada namoyish etishda yaxshi qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling