A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada oyoq kiymiini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet105/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada oyoq kiymiini namoyish etish. Hozirgi vaqtda, ixtisoslashgan, jumladan, oyoq kiyimi do‘konlari soni juda ko‘p bo‘lgan bir paytda vitrinada bitta tovar bilan etarli keng ishlash juda qiyin. Oyoq kiyimini bitta tovar boshqa tovarni to‘ldirib, butun vitrinani umumiy mavzu yoki syujet bilan birlashtirib turadigan univermag vitrinasida namoyish etish oson va samaralidir. Bu holatda oyoq kiyimi biron-bir joyda guruhlanadi va boshqa tovar: agar vitrina syujetida oqshom motivi berilgan bo‘lsa, oqshom ko‘ylagi yoki kostyum bilan yoxud aksincha, vitrina yozgi mavsumga moslab bezatilgan bo‘lsa – engil chit ko‘ylak yoki cho‘milish kiyimlari bilan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar oyoq kiyimi qo‘yilgan vitrinalar ixtisoslashgan do‘konlarda bezatiladigan bo‘lsa, oyoq kiyimini biron-bir guruh belgisi, masalan, turi bo‘yicha (erkaklar, ayollar yoki bolalar oyoq kiyimi), mavsum bo‘yicha (yozgi, qishki oyoq kiyimi) tanlab olish tavsiya etiladi. Har bir guruh ichida oyoq kiyimi, o‘z navbatida, nima uchun mo‘ljallangani bo‘yicha taqsimlanadi: ko‘chaga kiyish uchun, teatr uchun, plyaj uchun yoki turistik sayohatlar uchun.
Hech qachon bitta vitrinada ko‘plab va xilma-xil oyoq kiyimi joylashtirmaslik kerak. Bu odatda xaridorlar e’tiborini chalg‘itadi. Shuningdek, oyoq kiyimini rangi bo‘yicha tanlashga ham e’tibor qaratish kerak. Oyoq kiyimi tanlash imkoniyati juda keng bo‘lgan ixtisoslashgan oyoq kiyimi do‘konlarida dekorator u yoki bu vitrinani oyoq kiyimi va dekorativ elementlarning rang bo‘yicha bir-biriga mos kelishiga qarab bezatishi mumkin. Oyoq kiyimini vitrinada namoyish etish uchun qo‘yishdan oldin uni bunga yaxshilab tayyorlash kerak. Tanlab olingan oyoq kiyimini cho‘tka yoki latta bilan yaxshilab tozalash kerak, oyoq kiyimi shaklini saqlash uchun esa ichiga yumshoq qog‘oz yoki maxsus karton tiqiladi. Odatda oyoq kiyimi vitrinalarda bir xil yoki har xil balandlikda o‘rnatilgan metall yoki plastmass tagliklarda namoyish etiladi. Oyoq kiyimini shunday qo‘yish kerakki, bitta tufli yoki botinka yuz tomonidan (uchi xaridorga qaragan holda), ikkinchisi esa – yon tomonidan qo‘yilishi va bunda poshnasi yaxshi ko‘rinib turishi lozim. Xaridorning e’tiborini poshnaga qaratish zarur bo‘lgan hollarda oyoq kiyimining bittasi poshnasi tepaga qaratib qo‘yiladi yoki uning ostiga ko‘zga qo‘yiladi.
Ayrim holatlarda vitrinada oyoq kiyimi qutisidan foydalanish zarurati vujudga keladi. Bunda qutilar diqqat bilan tanlab olinishi, ko‘zga tashlanadigan kamchiliklarsiz bo‘lishi kerak. Ochiq qutida yoki uning ustiga qo‘yilgan oyoq kiyimi xaridorga uni do‘konda xarid qilinadigan ko‘rinishda nigoh tashlash imkonini beradi. Bu xaridorda namoyish etilayotgan tovarga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.
Har qanday tovarga bo‘lgani kabi, vitrinada oyoq kiyimiga nisbatan ham blikfanglar: vitrina mavzusini tashkil qiladigan yorqin dekorativ rasmlar, reklama matnlari yoki boshqa yorqin ifodalangan dekorativ detallar qo‘llanishi mumkin. Oyoq kiyimi vitrinalarida hamroh tovarlar sifatida oyoq kiyimiga qarash uchun ishlatiladigan predmetlar – cho‘tka, duxoba lenta, krem, naycha, patak, paypoq, chulki va h.k. joylashtiriladi. Zarur hollarda (agar oyoq kiyimi yog‘och yoki boshqa maxsus tagliklarga mahkamlanadigan bo‘lsak) oyoq kiyimining bittasi oddiy tikuvchilar to‘g‘nag‘ichi bilan mahkamlanib, bunda uning tashqi ko‘rinishiga ziyon etkazilmaydi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling