A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada suvenirlar va sovg‘a to‘plamlarini joylash-tirish


Download 0.81 Mb.
bet113/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada suvenirlar va sovg‘a to‘plamlarini joylash-tirish. Ushbu tovarlar guruhi biron-bir yaqqol ifodalangan alomatlarga ega emasligi, ko‘pchilik hollarda esa deyarli barcha guruhlar tovarlarini o‘z ichiga olishi tufayli ularni joylashtirishning bironta o‘ziga xos usulini tavsiflash zarurati yo‘q, balki dekoratorga uning amaliy faoliyatida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim maslahatlar bilan chegaralanish mumkin. Birinchi navbatda, sovg‘alar vitrinasini hech qachon dekor bilan ortiqcha yuklab yubormaslik kerak: xaridorga taklif etilayotgan tovarning o‘zi ko‘rimli, chiroyli bo‘lib, o‘zi uchun o‘zi gapira oladi. Agar sovg‘a uchun tovarlar vitrinasida biron-bir reklama matnini joylashtirish zarur bo‘lsa, u qisqa va ifodali bo‘lishi lozim. Planshet batartib bajarilgan bo‘lishi va qolgan tovarlar bilan uyg‘unlashishi lozim. Bu holatda matnni turli nafis vinetkalar bilan bezash, engil, lekin biroz murakkablashgan, yaxshisi – bosh harfi yaxshi chizilgan, bosh harflardan iborat shrift tanlash yaxshiroqdir. Keramika va fayans mahsulotlarni joylashtirish uchun tagliklar sifatida yog‘och yoki fanera taxtalardan foydalanish mumkin. Materiallarning keskin farq qilishi va shu bilan birga ularning dekorativ uyg‘unligi tovarlarni eng yaxshi tarzda namoyish etishga xizmat qiladi. Chinni va shisha buyumlarni namoyish etish uchun zig‘ir tolasidan to‘qilgan oq dasturxon, fayans va keramika mahsulotlarini ko‘rsatish uchun esa – rangli yo‘lma-yo‘l yoki kataksimon matolar foydalaniladi. Suvenirlar vitrinasi syujeti uchun yaxshi bir tashkil qiluvchi asos bo‘lib, masalan, «Bizning shahrimiz haqida xotira» matni bilan reklama blikfangi xizmat qlishi mumkin. Parfyumeriya va galantereya tovar guruhlaridan iborat sovg‘a to‘plamlarini katta dekorativ bantli rangli lenta bilan bog‘langan qutilarda ko‘rsatish tavsiya etiladi. Katta qo‘g‘irchoqlar va yumshoq o‘yinchoqlarni, aksincha, qutilar va paketlardan chiqarib qo‘yish kerak. Hech bo‘lmaganda ularni vitrinada shaffof sellofan qog‘ozga o‘ralgan holda namoyish etish mumkin. Istalgan sovg‘alar vitrinasida doimo parfyumeriya mahsulotlari o‘rinli bo‘ladi. Ular vitrinaga engillik, nafislik va mukammal uslub beradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling