A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada bolalar o‘yinchoqlarini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet114/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada bolalar o‘yinchoqlarini namoyish etish. Bolalar o‘yinchoqlari, xilma-xil «o‘yinlar», «konstruktorlar» - dekorator uchun vitrinalarni bezatishda samarali va engil material hisoblanadi. Yorqinlik, ranglar boyligi, yaxshi ishlab chiqilgan shakllar rangba-rangligi jalb etuvchan va xilma-xil vitrinalar bezatishga imkon beradi. Vitrina kichik xaridorni unda namoyish etilgan tovar bilan qiziqtiribgina qolmay, uni reklama syujeti bilan jalb qilishi ham lozim. Bunday vitrinalarni bezatishda bolalarning sevimli ertak qahramonlaridan, sevimli kitob qahramonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq va asoslangandir. Bolalar uchun tovarlar vitrinalarida umumiy mazmunga ega bo‘lgan dekorativ chizilgan blikfanglar joylashtirmaslik kerak. Rasm bolada unga tanish bo‘lgan qahramonlar va predmetlar bilan bog‘liq taassurotlar uyg‘onishi uchun muayyan va o‘z shakli bo‘yicha oddiy bo‘lishi lozim. Oldindan ishlab chiqilgan eskizlarga muvofiq do‘kon fasadining barcha vitrinalarida ularda tovarlarni joylashtirish uchun bir xil balandlikda va bir xil shaklda ingichka simdan payvandlab yasalgan keng hajmli konstruksiyalar joylashtirish mumkin. Vitrina markazi bo‘ylab yorqin blikfang, bolalar kitoblari va xalq ertaklari qahramonlarini aks ettiradigan vitrajlar ostida oynadan yasalgan, yoritiladigan rasm joylashtirish mumkin. Bundan tashqari, bir-ikki vitrina oralig‘ida payvandlab yasalgan konstruksiyalarni qalin faneradan yasalgan kublar bilan almashtirish mumkin. Vitrinalarni bezatish bo‘yicha bevosita ishlar dastlabki rejalarga ayrim tuzatishlar kiritishi mumkin. Vitrinani o‘yinchoqlar bilan ortiqcha to‘ldirib yubormaslik kerak, chunki bolaning unga ko‘rsatilayotgan hamma narsani ko‘rib chiqishga sabri etmaydi. Vazifalari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘yinchoqlarni shunday joylashtirish kerakki, bola bunda qandaydir tugal syujet topsin.
Vitrinada idish-tovoq va xo‘jalik mollari joylashtirish. Vitrinada idish-tovoqlarni joylashtirish usullari ushbu guruh tovarlarini faqat ko‘rsatish mumkinligi sababli xilma-xil va rang- barangligi bilan ajralib turmaydi. Idish-tovoq va xo‘jalik mollarining o‘zi dekoratorga shaklni o‘zgartirish, ularning plastik imkoniyatlari bilan ishlash imkonini beradigan xislatlarga ega emas. SHu sababli chinni, fayans, shisha, plastmass va metall idish-tovoqlar qoidaga ko‘ra, ularning vazifasi, rangi, shakli, qaysi materialdan tayyorlanganini berishga ko‘mak beradigan tagliklar, ekranlar va boshqa moslamalarda namoyish etiladi.
Chinni va fayans idishlar odatda servizlar: choy, kofe, oshxona servizi va boshqalar bilan ifodalanadi. Shu sababli ular xaridor butun servizni to‘laligicha ko‘rish imkonini beradigan tarzda joylashtiriladi. Odatda buning uchun turli balandlikdagi sim kublarga qo‘yiladigan shisha tokchalardan foydalaniladi. Masalan, ovqatlanish stoli ortida zarur bo‘lgan predmetlar universal to‘plamini ifodalaydigan oshxona servizi quyidagi tarzda joylashtiriladi: kompozitsion guruh turli balandlik va shakldagi bir nechta sim kubdan iborat bo‘lib, ularga toza, yaxshilab artilgan oyna qo‘yiladi (ular teskari tomonidan serviz rangida asosiy rangni ajratib ko‘rsatadigan rangga bo‘yaladi). Oyna dasturxon yoki salfetkalar bilan yopilishi mumkin. Eng tepadagi kubda sho‘rva solinadigan idish, undan pastroqda – chuqur likopchalar, yanayam pastroqda esa – desert uchun likopchalar qo‘yilgan bo‘ladi. Idish-tovoqlar vitrinasini muvaffaqiyatli bezatishning zaruriy sharti tovarlarni vitrina maoknida turli yuzalarda va turli darajada joylashtirish hisoblanadi. Bunda idish-tovoqni yaxshilab artish, tagliklarni esa ishonchli mustahkamlash zarur. Agar vitrinada bir vaqtning o‘zida chinni va fayans servizlar ko‘rsatiladigan bo‘lsa, u yoki bu predmet qaysi servizga mansubligi aniq ko‘rinib turishi uchun ularni alohida guruhlarda joylashtirish lozim. Ixtisoslashgan firma do‘konlarida chinni-fayans idishlar bilan bir qatorda qoidaga ko‘ra, chinni va farfordan yasalgan suvenir-haykalchalar bilan ham savdo qilinadi. Dekorator rassomlar faqat suvenirlar namoyish etiladigan vitrinalarni kamdan-kam bezatadilar. Odatda chinni-fayans idishlar mavzusi bo‘yicha namoyish etilayotgan idish-tovoqlarga mos keladigan haykal guruhlari bilan to‘ldiriladi. Haykal suvenirlari mavzusi xima-xil bo‘lib, bu ma’noda rassom-dekorator doimo uyg‘unlikdagi kompozitsiya yaratish uchun zarur miqdordagi tovarga ega bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, chinni idishlarni namoyish etish uchun eng oddiy tagliklar va moslamalar sim kublar va shisha hisoblanadi. Bundan tashqari, chinnidan yasalgan sof dekorativ mahsulotlar, masalan, tematik laganlar qarmoq ipida osib qo‘yiladi. Bu holatda suvenir sochiklar, kashta gulli sochiqlar bunday laganlarni namoyish etish uchun ajoyib fon bo‘lishi mumkin. Likopcha va taqsimchalarni namoyish etish uchun dekoratorning o‘zi alyumin simdan taglik tayyorlashi mumkin. Bunday taglikda likopcha va taqsimchalarni vetrikal yoki qiya holatda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Idish-tovoqlarni vitrinada joylashtirish odatda tovar bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni ochib beradigan dekorativ element, blikfang bilan to‘ldiriladi. Biroq, uni esdan chiqarmaslik kerakki, vitrinani tovarlar bilan to‘ldirib tashlamaslik lozim, chunki bu xaridorga o‘z tanlovini biron-bir narsada to‘xtatishga xalaqit beradi. Shisha tokcha va kublarda joylashtirishdan tashqari, kichik servizlar faneradan yasalgan va dasturxon bilan yopilib, vertikal ravishda ilib qo‘yilgan planshetlarda ham namoyish etilishi mumkin. Bu holatda ayrim predmetlar qarmoq ipi bilan maxkamlab qo‘yiladi. Gorizontal ravishda yotgan planshetda dastlab o‘ylab qo‘yilgan tartibda serviz predmetlari joylashtiriladi, keyin har bir predmet atrofida 4-6 ta teshik qilinib, ular orqali qarmoq ipi o‘tkaziladi va teskari tomonidan mahkamlab qo‘yiladi. Dekorator shisha va billur idishlarni joylashtirishda katta imkoniyatlarga ega, chunki bu tovarlar guruhi yorug‘lik ta’siridan foydalanishga imkon beradi. Shisha idishlarni namoyish etish variantlaridan biri quyidagicha. Vitrinada qo‘sh tubli pol qilinadi. Quyi tubdan 20-25 sm balandlikda joylashgan yuqori tub asosining hajmi bo‘yicha namoyi etilayotgan predmetlar o‘lchamidan katta bo‘lmagan teshikli planshetni ifodalaydi go‘yo. Teshiklar o‘ylab qo‘yilgan kompozitsiyaga muvofiq qilinadi. Quyi va yuqori pol o‘rtasida, xavfsizlik texnikasiga amal qilgan holda, tovarni pastdan yoritib turish uchun bir nechta lampa o‘rnatiladi. Polni qora yoki oq mato bilan, teshiklarni esa rangli svetofiltrlar bilan yopish mumkin. Bunday yoritish juda samarali hisoblanadi va mahsulotlar juda chiroyli ko‘rinadi. SHuningdek, shisha idishlarni shisha tokcha va kublarda joylashtirish hamda ikki-uch nuqtadan uni xaridor nigohlaridan yashirilgan chiroq bilan yoritish mumkin. Plastmass idish-tovoq odatda bitta ixtisoslashgan vitrinida joylashtirilib, bajaradigan vazifalari bo‘yicha unga yaqin bo‘lgan tovarlar bilan birgalikda ko‘rsatiladi. Masalan, ixcham dala idishlarini turistik yoki baliqchilik-ovchilik anjomlari bilan birgalikda ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Plastmassadan yasalgan idish-tovoqlarni namoyish etish uchun qandaydir o‘ziga xos usullar mavjud emas, alohida predmetlar o‘rtasida rang bo‘yicha muvofiqlikka rioya qilgan holda guruh qilib joylashtirish tavsiya etiladi. Metall idish-tovoqlarni vitrinada joylashtirish usullari ancha ko‘proq. Masalan, pichoq, sanchqi, qoshiq kabi oshxona anjomlarini osonlik bilan vertikal planshetlarda oshxona idish tovoqlari yonida o‘rnatish mumkin. Planshet bu holatda go‘yoki yasatilgan stolni ifodalaydi. Xuddi chinni mahsulotlar kabi, alohida predmetlarni planshetda qarmoq ipi bilan mahkamlash kerak.
Oshxona to‘plamlarini ham vertikal osilgan planshetlarda namoyish etish qulay. Kastryulka, choynak va shunga o‘xshash tovarlarni turli balandlikdagi kublarga qo‘yilgan shisha polkalarda joylashtirish mumkin, bunda tovarlarni joylashtirishning guruh xarakteriga rioya qilish kerak (sirlangan idish-tovoqlar guruhi, teflonli idish-tovoqlar guruhi, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan idish-tovoqlar guruhi va h.k.). Mayda-chuyda metall buyumlar, asbob-uskunalar, bog‘-poliz inventarining o‘zi unchalik jalb etuvchan emas, shu sababli ularni reklama qilish topqirlik va did talab qiladi. bunday tovarlarni vertikal holda (belgilangan burchak ostida) ilib qo‘yilgan planshetlarda namoyish etish eng qulay hisoblanadi. Ularda bajaradigan vazifalari bo‘yicha yaqin bo‘lgan predmetlarni guruhlash lozim (masalan, qulflar, kalitlar, mayda metall buyumlar, asbobuskunalar va h.k.). Ularni yuqorida aytib o‘tilgan tartibda qarmoq ipi bilan mahkamlash lozim. Planshetlar rolini shuningdek, daraxt kesiklari, taxtalar, katta daraxt pustlog‘i parchalari, to‘nkalar va h.k. ham bajarishi mumkin. Masalan, dastarrani chiroyli g‘o‘laga yorib kirgan holda, boltani turli chuqurlikda to‘nkaga kiritgan holda, randani taxtada go‘yoki uning ostidan chiqib kelayotgan qirindi bilan joylashtirish maqsadga muvofiq.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling