A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet117/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Sut mahsulotlari kubga qo‘yilgan shisha idishlarda joylashtiriladi. Shisha tokchalarni shuningdek, dekorativ «o‘tloqlar» fonida ilib qo‘yish va bunday tokchalarda sut mahsulotlarining yorqin rangli qutilarini joylashtirish ham mumkin. Bunday vitrinaning markaziy dekorativ bo‘lagi bo‘lib ma’lum bir uslub berilgan sigir figurasi xizmat qilishi mumkin. Fabrikada qadoqlanganlik, bir xil o‘lcham va shakllar bu qadoqlangan sut mahsulotlaridan chiroyli geometrik kompozitsiyalar yasash imkonini beradi. Kesilgan pishloq bo‘laklarini eslatib turadigan tagliklardan ham foydalanish mumkin. Agar vitrina qish paytida bezatiladian bo‘lsa, unda sellofanga o‘ralgan tabiiy pishloqlar namoyishini ham kiritish mumkin.
Non va non mahsulotlarini ham osma shisha tokchalarda namoyish etish qiziqarli bo‘lib, ular ostiga zig‘ir tolasidan to‘qilgan matodan qizil sochiqlar yoki kashtali sochiqlar ilib qo‘yiladi.
Vino mahsulotlari vitrinada namoyish etish uchun shisha va kublarda joylashtiriladi. Bundan tashqari, vino mahsulotlarini osma shisha tokchalarda, dekorativ bochkalar, uzum boshi fonida ko‘rsatish ham mumkin. Vitrinada vino mahsulotlarini mos keluvchi tovarlar – qandolat mahsulotlari, mevalar bilan birgalikda reklama qilish mumkin. Vitrinada vino mahsulotlari assortimenti keng bo‘lganda konyaklar, shampan vinosi, quruq vino, likerlar va h.k. guruhlar ajratiladi. Ekspozitsiya vinolar rangi, yorliqlari va shisha idishlar shaklini hisobga olgan holda yaratiladi. Idishlar vitrina polida va maxsus doira shaklidagi patnislarda bir xil turdagi bir nechta idish qator qilib qo‘yiladi.
Konfetlar vitrinada odatda maxsus vazacha, savatcha va tagliklarda namoyish etilib, ular polga qo‘yib yoki qarmoq ipida ilib qo‘yiladi. Ularni namoyish etish uchun boshqa usullardan ham foydalanish mumkin. Masalan, penoplastdan kapalak, asalari, gullar silueti qirqib yasaladi, ularda esa o‘rovining rangi bo‘yicha diqqat bilan taxlangan konfetlar to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. SHu usul bilan katta dekorativ samaraga erishish mumkin. Kapalaklar o‘rniga sovg‘a qutilari siluetlaridan foydalanish mumkin bo‘lib, ularda konfetalar bilan istalgan naqsh yoki tabrik va reklama matni bitish mumkin bo‘ladi. Qandolat mahsulotlarini vitrinada joylashtirish xususiyatlari quyidagilardan iborat: konfetlar faqat fabrika o‘rovida ko‘rsatiladi; har bir konfet nomi uchun - vazacha; shokolad pitkasi, pechene qutisi, vaflilar faqat bitta nomda guruh qilib joylashtirish lozim. Qandolat mahsulotlarini piramida shaklida joylashtirish tavsiya etilmaydi. Ularni vitrina polida yoki maxsus stolchatokchalarda joylashtirgan ma’qul. O‘rovining rangi bo‘yicha turlicha bo‘lgan konfetalarni tabiiy qandolat mahsulotlari – pryanik, vafli va sharq shirinliklari bilan uyg‘unlashtirish yaxshi samara beradi. Qandolat mahsulotlari vitrinasi kompozitsiyasining markazida baland stolchada yorqin rangli o‘rovdagi, sovg‘a uchun konfetlar to‘plamlarini qator qilib joylashtirish mumkin. Kompozitsiyani qandolat fabrikalarini ko‘rsatgan holda xaridorlarni yangiliklar haqida xabardor qiladigan plakatlar bilan to‘ldirish mumkin. Bu vitrinada choy yoki kofe stoli bezatilishini ko‘rsatish mumkin. Qandolat mahsulotlari vitrinalari odatda chinni suvenirlar, o‘yinchoqlar bilan to‘ldiriladi. Did bilan tanlangan va muvaffaqiyatli namoyish etilgan qandolat mahsulotlari solingan qutilar ularni reklama qilishning amaliy natija beradigan shakli hisoblanadi.
Pechene va vafli qutilaridan uycha yasash mumkin bo‘lib, bu vitrina kompozitsiyasini to‘ldirib turadi. Sabzavot do‘konlari vitrinalari natural tovarlar bilan bezatiladi. Ko‘katlar ko‘p bo‘ladigan bahor va yoz mavsumida mevalar va sabzavotlardan qiziqarli kompozitsiyalar yaratish mumkin. Ko‘katlar so‘lib qolmasligi uchun ularning tagiga nam marli, paxta yoki qum solib qo‘yiladi. Ko‘pincha tovar novdadan yasalgan savatlarda, vitrina polida namoyish etiladi. Bunday ko‘rsatishning zarurligi shu bilan izohlanadiki, xaridor tovarni, uning sifatini ko‘rishi lozim. Biroq bunday zerikarli vitrinalarni ham bir-ikkita dekorativ bo‘laklar bilan jonlantirish mumkin. Dasturxon yoki uni eslatib yuboradigan material yopilgan va vitrinada vertikal yoki qiya holda ilib qo‘yilgan planshetda yaxshi tanlab olingan, tayyorlangan va yuvib-tozalangan sabzavotlar, mevalar va sitruslardan ajoyib natyurmort yasash mumkin. Vitrinaning o‘zida, polda sabzavotlar yoki mevalar va sitrusardan jozibali naqshinkor rasm chizish mumkin. Meva va sabzavotlar tez buziladigan tovar ekanligi sababli so‘lib qolgan nusxalarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirib turish kerak. Gullab turgan kungaboqar undan osilib turgan kichik dekorativ devorcha ham to‘siq, ham dekorativ element bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling