A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
Baliq, go‘sht va sabzavot konservalari, djem, murabbo
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boqqollik tovarlarini
Baliq, go‘sht va sabzavot konservalari, djem, murabbo va boshqa mahsulotlar sim kublarga qo‘yilgan shisha tokchalarda namoyish etiladi. shishalarning teskari tomoni bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Eng yorqin bankalarni ilib qo‘yilgan tokchada namoyish etish mumkin. Baliq konservalari vitrinalari odatda dengiz syujetidagi dekor – to‘lqinlar, to‘rlar va h.k. bilan bezatiladi. Sim va penoplastdan yasalgan bunday to‘lqinlarda qarmoq ipi bilan bir nechta banka o‘rnatish va ularni vitrinada ilib qo‘yish mumkin. Shuningdek, yaxlit penoplast bo‘lagidan qirqib yasalgan kemachalar ko‘rinishdagi tokchalar tayyorlash ham mumkin. Paluba bo‘lishi lozim bo‘lgan joyda tor shisha tokcha mahkamlanadi va uning ustiga yoriq va jalb etuvchan bezatilgan bankalar qo‘yiladi.
Baliqi konservalarini joylashtirishda okeandagi baliq ovini aks ettiradigan keng formatli fotosuratlar yaxshi fon bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shu usulda meva va rezavor meva konservalari va sharbatlarni ham namoyish etish mumkin. Penoplastdan masalan, ikki-uchta bargi bilan olma silueti qirqib olinadi, ingicha shishalar olinadi va ularga bankalar qo‘yiladi. Penoplastning oq fonida ular juda ko‘rkam bo‘lib ko‘rinadi. Boqqollik tovarlarini vitrinada joylashtirishda tovar qo‘shnilini hisobga olish kerak. Masalan, choyning yonida o‘tkir hidli ziravorlar va uksus, qandni yonida esa – o‘simlik moyi qo‘yib bo‘lmaydi. Qahvani choy bilan birga, un va krupani esa – makaron mahsulotlari bilan birgalikda namoyish etish tabiiy bo‘lib ko‘rinadi. Boqqollik tovarlari gorizontal tokchalarda va stolcha ko‘rinishidagi tagliklarda namoyish etiladi. SHisha vazalardan ham foydalaniladi, ularda ziravorlar va oziq-ovqat konsentratlari solingan paketlar joylashtiriladi. Qadoqlab sotiladigan mahsulotlar, masalan, krupa va shakar uchun sun’iy shishadan yasalgan yopiq qutilar qo‘llanadi. Sochiladigan tovarlar – guruch, turli krupalarni quyidagi tarzda qiziqarli namoyish etish mumkin. Sellofan xaltalarga krupa solinadi va oldindan shaklan daraxtlarning ma’lum bir uslub berilgan tanasini eslatadigan taxtalardan yasalgan «daraxt kovagi»ga ilib qo‘yiladi. Xaltalar yonida ma’lum bir uslub berilgan qizilishton yoki olmaxon figuralari qiziqarli ko‘rinadi. Oziq-ovqat konsentratlari va yarim tayyor mahsulotlar (bulon kubiklari, quritilgan sho‘rva, kasha, krem, sut, keks va b.) qo‘shimcha axborotga ehtiyoj sezadi. Shu sababli, agar imkoni bo‘lsa, bu mahsulotlar guruhiga maxsus vitrina ajratilib, mos keluvchi annotatsiyalar bilan ta’minlansa, bu xaridorlar talabining faollashuviga xizmat qiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling