A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada madaniy-maishiy va sport tovarlarini


Download 0.81 Mb.
bet112/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada madaniy-maishiy va sport tovarlarini namoyish etish. Radiotovarlar bilan ishlash ularni vitrinada joylashtirishda o‘ziga xos ko‘nikmalar talab qilinmaydi. Televizor, radiopriemnik, magnitofonlar garchi boshqa tovarlar kabi yorqin bo‘lmasada, ularning o‘zi dekorativ va ixchamdir. Radiotovarlar vitrinada turli balandlikda va turli yuzalarda, maxsus tagliklarda namoyish etiladi. Katta o‘lchamdagi predmetlar pastda, kichikroq predmetlar esa – yuqoriroqda qo‘yiladi. Har bir mahsulotlar guruhi alohida guruhlanib, yirik mahsulotlar markazda va uning atrofida kichikroq mahsulotlar qo‘yiladi. Radiodetallar alohida guruh qilib joylashtiriladi. Radiotovarlar asosan yorqin bo‘yoqlarga ega bo‘lmasligi sababli ularni namoyish qilishda ko‘proq samaraga ega bo‘lish uchun tovarning tashqi ko‘rinishi, sifatini yaxshiroq ko‘rsatishga xizmat qiladigan qo‘shimcha elementlar kiritish mumkin. Buning nima bo‘lishi dekorativ planshet, yorqin dekoratsiya yoki vitrina pastining bezagi bo‘lishini dekoratorning o‘zi hal qilishi lozim. Bu holatda reklama qilinayotgan tovarlarning xususiyatlari, ularning boshqa tovarlar oldidagi afzalliklari ochib beriladigan, yorqin ranglar bilan bajarilgan yirik ko‘rsatkichlar, matnli plakatlar juda o‘rinli va zarurdir. Musiqiy asboblar vitrinada alohida guruhlarda joylashtiriladi, chunonchi: torli asboblar, puflab chalinadigan asboblar va kamoncha bilan chalinadigan asboblar. Garmon, bayan va akkordeonlar turli balandlikdagi mustahkam tagliklarga o‘rnatiladi, gitara va boshqa murakkab shakldagi asboblar esa qarmoq ipida osib qo‘yiladi. Vitrina syujetini yaratish uchun ko‘pincha turli simvollar: notalar stani, skripka kaliti, lira va boshqalardan foydalaniladi. Agar xalq cholg‘u asboblari namoyish etiladigan bo‘lsa, vitrina ba’zida dutor chalayotgan baxshi, raqs tushayotgan guruh va h.k. uslubda dekorativ bajarilgan taxta atrofida joylashtiriadi. Musiqa asboblarining zaxira detallari va mayda tarkibiy qismlari vitrina polida yoki tagliklarda joylashtiriladi. Fototovarlar vitrinasida, boshqa hech qaysi erda bo‘lmagani kabi, juda katta hajmda kattalashtirilgan fotosuratlar va fotoplakatlar o‘rinli bo‘ladi. Ulardan fon sifatida foydalanib, dekorator turli tagliklar va oynalar, yog‘och kublar va boshqa shakllar yordamida vitrinani chiroyli qilib bezatish mumkin.
Boshqa mahsulot turlari kabi, fototovarlar ham vitrinada alohida guruhlar qilib joylashtiriladi: videokamerlar, fotoapparatlar, ular uchun kerakli vositalar, videokassetalar, turli xildagi fotoplenkalar va h.k. Ob’ektiv, linza, binokl, kuzatish trubasi xaridor uchun qulay holatda guruhlab joylashtiriladi. Vitrinada namoyish etilayotgan sport tovarlari har doim ma’lum bir mavsumga mos kelishi lozim. Masalan, qishki mavsumda chang‘i, chana, konki, xokkey klyushkasi va boshqalar vitrinada joylashtiriladi. Sport tovarlarini vitrinada joylashtirishning murakkabligi ularni guruhlash usullaridan iborat. Sport kiyimlari va oyoq kiyimini joylashtirish odatdagi kiyim-bosh va oyoq kiyimi joylashtirishdan ko‘p farq qilmaydi. Har bir sport turiga ma’lum bir kiyim-bosh va oyoq qiyimi mos keladi, shu sababli vitrinani bezatishda ularning maqsadli yo‘nalganligi va vazifalariga qat’iy amal qilish kerak. Sport vitrinalarini bezatishda mavsumiylik garchi qaysidir ma’noda dekorator imkoniyatlarini chegaralasada, lekin shu bilan bir paytda bezatishning ijrosi va g‘oyalarga yondashuv borasida juda yaxshi asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, qish oylarida qish sporti va qishki dam olish mavzusi dekoratorga chang‘ilar, chang‘i kostyumlari, trikotaj mahsulot va oyoq kiyimlar namoyish etish borasida original syujet berishi mumkin. Yoz mavsumida penoplastdan ayollar figurasi ko‘rinishida qirqib yasalgan tagliklarga kiydirilgan va havorang fonda vitrinada osib qo‘yilgan ayollar cho‘milish kiyimlari samarali bo‘lib ko‘rinadi. Vitrina markazida tashkil qiluvchi blikfang sifatida reklama matni bilan fanera yoki kartondan yasalgan doira o‘rnatish o‘rinli bo‘ladi. Agar dekoratorning imkoniyatlari chegaralangan bo‘lsa, blikfang sifatida rangli plastmassa metall gardishlardan foydalaniladi. Ularni qarmoq ipi bilan shunday bog‘lash kerakki, olimpiya sport o‘yinlari emblemasi yaqqol ko‘rinib tursin, hosil bo‘lgan teshiklarda esa qarmoq ipida u yoki bu sport turiga ko‘proq mos keladigan sport inventari osib qo‘yish kerak. Qolgan tovarlarni vitrina g‘oyasi va syujetiga qarab, vitrina polida yoki maxsus tagliklarda joylashtirish maqsadga muvofiq.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling