A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
Vitrinada zargarlik buyumlarini namoyish etish
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
Vitrinada zargarlik buyumlarini namoyish etish. Universal do‘konlar vitrinalarida zargarlik buyumlari odatda boshqa tovarlar: tayyor ko‘ylak, trikotaj mahsulotlar, qo‘lqoplar, ro‘mollar, sharf va h.k. bilan birgalikda namoyish etiladi. Biroq ixtisoslashgan do‘konlar tarmoqlari rivojlanishi bilan ko‘pincha vitrinalarni faqat zargarlik buyumlari bilan bezatish zarurati vujudga kelmoqda. Parfyumeriya mahsulotlari va sovg‘a uchun mo‘ljallangan galantereya zargarlik buyumlarini joylashtirishga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqa shu kabi holatlarda bo‘lgani kabi, zargarlik buyumlari ham turi va rangi bo‘yicha guruhlanadi. Bitta tovar namunasining o‘zi vitrinada bir nechta nusxada yonma-yon joylashtiriladi. Kichik zargarlik buyumlari uchun odatda planshet, kub yoki xilma-xil silindrik shakllar yasaladi, ularga korpus rangidagi dag‘al (paxmoq) mato qoplanadi, ularga mos keladigan zargarlik buyumlari tanlanib, vitrina yuzasi bo‘ylab joylashtiriladi. SHu maqsadda vitrinalarda turli konfiguratsiya va o‘lchamdagi randalangan va kavsharlash lampasi bilan kuydirilgan taxta, fanera, penoplast tagliklardan foydalanish mumkin. Fakturalar har xilligi, materiallar yuzasi keskin farq qilishi esda qoladigan yaxshi taassurot qoldiradi.
Metalldan yasalgan konstruksiya tarkibiy qismlaridan zargarlik buyumlarini vitrinada joylashtirishda foydalanish tavsiya etilmaydi. Yog‘och taxtalar, plitalarni ingicha temir parchasi yoki simdan yasalgan naqsh bilan bezatish mumkin. Ba’zida bu maqsadlar uchun oq xlorvinil izolyasiyali 6-8 mm kesimli oddiy alyumin elektr simlaridan foydalaniladi. Dekorator shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, zargarlik buyumlarini vitrinada joylashtirishda undan oqilona me’yorlarga amal qilish talab etiladi. Ba’zida tovarlarga haddan ortiq to‘yinganlik xaridorlarda barcha reklama qilinayotgan tovarlar arzonligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin. Shu sababli qimmatbaho zargarlik buyumlarini shunday joylashtirish kerakki, ularning atrofida bo‘sh joylar qolsin va xaridor ularni bemalol ko‘rsin. Biron-bir yuzaga joylashtirilgan har qanday zargarlik buyumlari katta miqdorda joylashtirilgan xuddi shu mahsulotlardan ko‘ra o‘ziga ko‘proq e’tibor jalb qilishi va xaridorni qiziqtirishi mumkin. Munchoqlar, marjonlar, yig‘ma zargarlik kamarlari yoki kolelar vitrinida qarmoq ipi yoki oddiy iplar yordamida namoyish etiladi. Biroq bu holada ularni joylashtirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib bironta taglik xizmat qilishi lozim bo‘ladi. Bu kichkina, yaxshilab quritilgan va ishlov berilgan to‘nka bo‘ladimi, ichi kovak va paxmoq mato qoplangan quvurcha bo‘ladimi, organik oynadan yasalgan, uchlari turlicha bo‘lgan yulduzcha yoki boshqa narsa bo‘ladimi – bularning barchasini dekorator hal qiladi. Zargarlik buyumlarini namoyish etish uchun masalan, dengiz tubida cho‘kib ketgan kemadagi sandiq to‘la zargarlik buyumlari keng tarqalgan syujet hisoblanadi. Yana bir bor ta’kidlash joizki, har qanday syujetni tanlash – dekoratorning topqirligi va topag‘onligi mahsulidir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling