A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinda paypoq-chulki mahsulotlarini joylashtirish


Download 0.81 Mb.
bet109/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinda paypoq-chulki mahsulotlarini joylashtirish. Chulki va kolgotkalar joylashtirishda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim, chunki ozgina e’tiborsizlik ham bu mahsulotlarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Chulkilar bir necha xil usulda joylashtiriladi. Masalan, har bir keyingi chulki oldingisidan biroz uzunroq bo‘lib ko‘rinadigan tarzda ular bir-birining ustiga taxlanadi. Shundan keyin ular yuqori qismidan qarmoq ipi bilan bo‘g‘iladi yoki ikkita to‘g‘nag‘ich qadaladi va hosil bo‘lgan tugundan vitrinaga ilib qo‘yiladi.
Birinchi uzun cho‘ilib turgan chulki qarmoq ipi bilan uch tomonidan yonga tortiladi, keyingi barcha chulkilar uchidan o‘zidan oldin turgan chulkining tovon qismiga to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. Bunda shunga erishish kerakki, chulkilar xaridor tomon qaratilgan holda yumshoq va bir tekisda osilib tursin, ularning o‘rtasida bukilgan joylarda esa bir xil masofa qolsin. Tugun tugilgan joylarni sun’iy ravishda bekitish, uzun tomonlardan biridan «atirgul» yasash yoki sun’iy gul bilan qoplash mumkin. Boshqa bir usulda chulkilar bir-birining ustiga tekis bog‘lam qilib qo‘yiladi, bog‘lanadi va vitrinada mahkamlab qo‘yiladi, shundan so‘ng qarmoq ipi yokt to‘g‘nag‘ichlar yordamida har bir uchi polga shunday mahkamlanadiki, ular elpig‘ich asosidan bitta yoki ikkala tomonga bir xilda qo‘zg‘aladi.
Ba’zida chulki vitrinada konvertlarga solib joylashtiriladi, ulardan belgilangan rasm yoki ritmlar yasaladi. Bu holatda barcha konvertlar butun va diqqat bilan tekislangan bo‘lishi lozim. Erkaklar paypoqlari vitrinada turli shakldagi planshetlarda joylashtiriladi. Dastlab ularni yumshoq kartondan paypoq shaklida yasalgan planshetga kiydirish tavsiya etiladi, shundan keyin taglikda bu paypoqlardan belgilangan rasm yoki ritm yasash mumkin bo‘ladi.
Vitrinada parfyumeriya-kosmetika tovarlarini joylash-tirish. Parfyumeriya uni namoyish etish o‘ziga xos usullarni talab qiladi. CHiroyli o‘rov va ajoyib engil shakllar dekoratorga ko‘p kuch sarflamasdan, dekorativ vositalardan foydalanmasdan turib vitrinani yaxshi bezatishga imkon beradi. Biroq parfyumeriyani vitrinada joylashtirishda belgilangan qoidalarga amal qilish zarur: namoyish etilayotgan tovarni bironbir belgi yoki bajariladigan vazifa bo‘yicha guruhlash (teri, tish va sochga qarash vositalari, bolalar parfyumeriyasi va h.k.); tovarni rangi bo‘yicha tanlash lozim – bu vitrinani yirikroq qilib ko‘rsatadi va uni to‘laqonli qabul qilish imkoniyatini beradi. Parfyumeriya tovarlarini qimmatbaho atirlar yonida joylashtirishda arzon odekolon yoki losonlar qo‘yish tavsiya etilmaydi. Parfyumeriya vitrinada qutilarda namoyish etiladi, bunda ulardan biri albatta ochiq bo‘lishi, flakon esa xaridorga yaxshi ko‘rinib turishi kerak. Yarim ochiq syurpriz qutilarni xaridorga qiyalatgan holda namoyish etish lozim, buning uchun qutichaga ingichka sim tiqiladi yoki qopqog‘i to‘g‘nag‘ich bilan mahkamlanadi. Flakonlarni quyosh nuri tushib turadigan joylarga qo‘yish tavsiya etilmaydi, chunki yuqori haroratdan ular yorilib ketadi. Parfyumeriya sanoat tovarlari do‘konlarining vitrinasida boshqa tovarlarga: tayyor ko‘ylak, trikotaj, galantereya, qimmatbaho tovarlarga qo‘shimcha sifatida namoyish etiladi. Agar tovarni vitrinada ma’lum bir balandlikda namoyish etish kerak bo‘lsa, u shiftga ilib qo‘yilgan oynaga shunday taxlanadiki, hamma tomondan bir xil ko‘rinib turishi lozim bo‘ladi. Vitrinada parfyumeriya-kosmetika buyumlarini joylashtiruvchi dekorator shuni yodda tutishi kerakki, bu mahsulotlar xaridor tomonga qaratilgan, yozuvlar esa aniq ko‘rinib turadigan bo‘lishi kerak. Upa qutisi va yumaloq qutichadagi kremlarni qirralab qo‘yish mumkin. bu qutichalar oynadan tushib ketmasligi uchun ularning tagiga ikki tomonidan gugurt cho‘pi yoki to‘g‘nag‘ich qo‘yish tavsiya etiladi.
Nima bo‘lganda ham, parfyumeriya tovarlari namoyish etilayotgan vitrinani rangi bo‘yicha tovarlarga mos keladigan jonli gullar yoki sun’iy gullar o‘zgacha to‘ldirib turadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling