A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet104/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Yaxlit bichilgan ko‘ylak uzunligi 2 m bo‘lgan ikkita mato bo‘lagi yordamida mahkamlanadi. Bu maqsadda har bir mato bo‘lagi ikkiga bukib taxlanadi; maneken beli va ko‘kragiga qo‘yilib, yoqa ko‘rinishida kichik tasma qayiriladi va manken elkasiga to‘g‘nag‘ichlar bilan qadab qo‘yiladi. Bunday ko‘ylakka katak yoki xol-xol gulli gazmoldan sharf ilova qilish mumkin.
Oqshom ko‘ylagi namunasini uzunligi 5 m bo‘lgan tekis bo‘yalgan ipak mato bo‘lagi va bir xil tusdagi kimxob bo‘lagidan yasash mumkin. Kimxob bo‘lagi bilan maneken figurasi o‘raladi va chap son qismida burma qilinadi. Ipak mato manekenning chap elkasi uzra o‘tkazilib, yirik hajmli burmalar bilan bekitiladi. Qolgan material bo‘lakchalari shleyf ko‘rinishida elpig‘ich qilib yig‘iladi.
Engli bolalar ko‘ylagini manekenga mahkamlash uchun uzunligi
2 m bo‘lgan ikkita material bo‘lagidan foydalaniladi. Mato yirik burma qilib yig‘ilib, material uchlaridan 20 sm o‘lchab olinadi, qarmoq ipi bilan bog‘lanib, maneken elakalarida mahkamlab qo‘yiladi. Engdan qolgan material maneken belida va ko‘kragida yig‘iladi. Ko‘ylak yubkasi burma qilib mahkamlanadi. Eni 5 sm bo‘lgan va ichiga qog‘oz solingan material tasmasidan qilingan belbog‘ alohida mahkamlanadi.
Erkaklar va ayollar kostyumi uchun matolar namoyish etishda yog‘och yoki plastikdan qilingan kiyimosgichlar qarmoq ipiga ilib qo‘yiladi. 80-100 sm o‘lchamdagi mato bo‘lagi matoning bukiladigan joyi belning o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan darajada uzunligi bo‘yicha mahkamlanadi. Matoning yuqori qismi kiyimosgich orqali o‘tkazilib, teskari tomonidan, ichiga yoqa tiqilgan holda to‘g‘nag‘ich qadaladi. Ortiqcha mato yig‘ib olinadi va engni ifodalaydigan burma qilib taxlanadi. Erkaklar kostyumida oq matodan ko‘ylak manjeti ko‘rsatib qo‘yiladi.
Matolarni vitrinada joylashtirishni boshqa kostyum tarkibiy qismlari – oyoq kiyimi, bosh kiyim, sumka, qo‘lqop va bijuteriyalar bilan birgalikda maxsus tagliklar va manekenlarda ham amalga oshirish mumkin. Bunday qo‘shimcha mahsulotlar tanlash matoning nimaga mo‘ljallangani va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling