A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet97/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1. Ritm. Rang yordamida belgilangan oraliqlar orqali vitrinada bir xil ranglar gammasini takrorlash vositasida aniq bir ritm yaratish mumkin.
2. Muvozanat. Ochiq ranglar bo‘g‘iq ranglar bilan, to‘q ranglar och ranglar bilan, iliq ranglar esa – sovuq ranglar bilan muvozanatlanishi lozim.
3. Mutanosiblik. Mutanosiblikka rioya qilishga misol bo‘lib ochiq tonda, uni ommaga «yaqinlashtiradigan», hajmi bo‘yicha xuddi shunday, lekin biroz «bo‘g‘ilgan» ranglardagi vitrina bilan uyg‘unlash lozim bo‘lgan kichik vitrina makoni xizmat qilishi mumkin. Ranglar uyg‘unligidan foydalaniladigan vitrinalar eng jalb etuvchan sanaladi. Odatda to‘rt xil koloristik sxema qo‘llanadi.
1. Monoxromatik – vitrinani bezatishda turli intensivlik va teranlikdagi bitta rangdan foydalanish.
2.Analogik(ayni shunday) – bo‘yoqlar shkalasida yonma-yon joylashgan bir nechta rangdan foydalanishga asoslanadi. Masalan, havorang, havorang-binafsha rang va binafsha rang tuslari.
3. Kontrast – bu turli ranglar birligi natijasidir. Taqdim etilayotgan tovardan keskin farq qiladigan rang foydalaniladi. Boshqa rang fonida tovar e’tiborni darhol o‘ziga jalb qiladi. Masalan, vitrinada kul rang ayollar kostyumi va qora rangdagi charm sumkani namoyish etish.
4. Polixrom (ko‘p rangli) – bir nechta ranglar kombinatsiyasiga asoslanadi. Buning uchun tovarning bitta asosiy rangi tanlab olinadi va unga qarab asosiy tovarga hamroh bo‘lgan boshqa tovarlar uchun ranglar uyg‘unligi belgilanadi.
Oqshomgi kostyum va ko‘ylaklarni yoritish uchun sariq nur sochadigan lampalar, kunduzgi kiyim-boshni yoritish uchun esa – kunduzgi yorug‘likni qo‘llash maqsadga muvofiq. Iliq nur sochish sovuq nur sochishni neytrallaydi: oqshomgi yoritishda havorang mato xira va ko‘kimtir bo‘lib ko‘nmaydi. Iliq nur sochish iliq ranglarni yanada yorqinlashtiradi: qizil rang yanada keskin ajralib turadi. Sovuq nur sochish iliq ranglarni neytrallashtiradi: to‘q sariq rang havorang nur sochishda deyarli sarg‘ish, och jigarrang bo‘lib ko‘rinadi.
Badiiy amaliyotda an’anaviy, umum e’tirof etilgan ranglar uyg‘unligi tamoyillaridan foydalaniladi. Masalan, qoidaga ko‘ra, xromatik va axromatik ranglar (qizil bilan qora, ko‘k bilan oq, pushti bilan kumush rang, kulrang bilan havorang, yashil bilan oq) uyg‘unlashuvi yaxshi ko‘rinadi. Och tusdagi ranglar neytral ranglar bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Kontrast birikuvlarda (qizil — yashil, ko‘k — to‘q sariq, binafsharang — sariq) o‘ziga xos uyg‘unlikka erishishi mumkin. Vitrinada qizil, oq va ko‘k; havorang va pushti, och jigarrang va so‘lib qolgan o‘t rangi; qora va oq; ko‘k va pushti ranglar uyg‘unlashuvi juda chiroyli ko‘rinadi. Oxirgi yillarda moda tufayli ilgari ma’qul hisoblanmagan ranglar: ko‘k bilan yashil, binafsha rang bilan yashil ranglar birikuvi ham iste’molga joriy qilindi. Xilma-xil ranglar uyg‘unligi variantlari soni cheksizdir. Biroq bunda rang tusini aniq belgilab olish, shuningdek, ranglardan foydalanishda mutanosiblikka rioya qilishga o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rang qanchalik faol bo‘lsa, u vitrinada shunchalik kam bo‘lishi kerak. Masalan, kiyim-kechaklar yoki matolar vitrinasida axromatik (kulrang yoki qora va oq) ranglarni jonlantirish uchun ikki-uchta qizil «dog‘» etarli. Vitrina ko‘rgazmasining reklama samarasi reklama qilinayotgan tovarlar narx ko‘rsatkichlarining joylashuvi va bezatilishiga ham bo‘ladi bo‘ladi. Vitrinada narx ko‘rsatkichlar bezatish va joylashtirish uslubi tovarlar ekspozitsiyasining umumiy kompozitsion echimiga to‘liq darajada mos kelishi lozim. Reklama narx ko‘rsatkichi oddiy narxko‘rsatkichlardan – shakli, o‘lchami va bajarilishi bo‘yicha farq qiladi. Qoidaga ko‘ra, u yirikroq o‘lchamda bo‘lib, uchburchak yoki romb shaklida bo‘lishi yoki tovar siluetini takrorlashi mumkin, bu esa xaridorlar e’tiborini jalb qilishga yordam beradi. Reklama narx ko‘rsatkichlari yangilik tovarlar va do‘kon ularni sotishda juda manfaatdor bo‘lgan tovarlar uchun qo‘llanadi. Bu narx ko‘rsatkichlar yorqinroq bo‘lishi; zarur ma’lumotlar – tovar nomi, vazni, navi, narxidan tashqari tovarning iste’mol xususiyatlari haqida qo‘shimcha axborotga (televizor ekranining o‘lchami, muzlatgich kamerasining sig‘imi va h.k.) ega bo‘lishi mumkin. Narx ko‘rsatkichlar tovarlarni mavsumiy sotib tugatish davrlarida narxlarni pasaytirishda o‘ziga xos reklama rolini o‘ynaydi. Ikkita – ustiga qizil chiziq tortilgan eski va yangi narxni taqqoslash xaridorga samarali psixologik ta’sir ko‘rsatadi, tovarni xarid qilish istagini rag‘batlantiradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling