A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrina ko‘rgazmasi kompozitsiyasini ishlab chiqish qoidalari


Download 0.81 Mb.
bet94/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrina ko‘rgazmasi kompozitsiyasini ishlab chiqish qoidalari Oynali vitrinani bezatish bo‘yicha ishlar reklama qilish mo‘ljallangan tovarlarni tanlashdan boshlanadi. Tovarni tanlash korxonaning reklama faoliyati rejasiga muvofiq, shuningdek, tijorat vazifalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Reklama ob’ektini – tovarning vazifalari va xossalari, iste’mol shartlari va boshqa xususiyatlarini – batafsil o‘rganish vitrina g‘oyasi va maqsadli ko‘rsatmalarini belgilash uchun xizmat qilishi lozim. Vitrina g‘oyasiga muvofiq unda joylashtiriladigan matn va shiorlar belgilanadi, vitrinaning kompozitsion tuzilishi ishlab chiqiladi. Ish vitrinani bezatish eskizi tuzish bilan yakun topadi. Eskiz tovarlar, asbob-uskunalar va dekorativ elementlarni vitrinada joylashtirish dastlabki sxematik rejasi bo‘lib, qalam, bo‘yoq yoki applikatsiya yordamida qog‘oz varaqda chiziladi.
Eskizga odatda izohlovchi xat biriktirilib, unda oynali vitrinaning asosiy mazmuni bayon qilinadi, foydalanish zarur bo‘lgan vitrina inventari, tovarlar soni va ro‘yxati keltiriladi, vitrinani bezatish bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar beriladi. Vitrinani bezatish san’ati shundan iboratki, vitrina qutisi maydoni va kompozitsiya tuzilishidan oqilona foydalanish lozim. Vitrinada ekspozitsiya makon jihatidan old, o‘rta va orqa sahnaga bo‘linishi lozim. Bu esa ayrim predmetlar boshqalardan ko‘ra oynaga yaqinroq, boshqalari esa – vitrina ichkarisida joylashishi lozimligini anglatadi. Qo‘shimcha ekranlar yordamida yaratiladigan fon yordamida vitrina, uning proporsiyasi va ko‘lamini ko‘rish yordamida idrok qilishni o‘zgartirish mumkin. Vitrina ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan bo‘lishi kerak. Bunga vitrinaning kompozitsion markazi yaratish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘lib, u tomoshabin nazariga birinchi bo‘lib tashlanadigan, undan keyin esa tomoshabin e’tibori ahamiyatning o‘sib borish tartibida ekspozitsiyaning boshqa elementlariga ko‘chib o‘tadi. Alohida qismlarga bir xil ahamiyat qaratiladigan vitrina hech qachon uyg‘unlikdagi bir yaxlitlik sifatida qabul qilinmaydi: u betartiblik va chalkashliklar yuzaga keltirib, odamning ko‘zini charchatadi, xolos. Kompozitsiya markazi o‘rtacha bo‘yli odamning ko‘zlari balandligida bo‘lgan yuzada, ya’ni 150-165 sm balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Vitrinaning u yoki bu qismi, u yoki bu tovar yoki dekorativ element kompozitsion markaz bo‘lishi mumkin. U optik markaz bilan mos tushishish ham, undan biroz og‘ishi ham mumkin. Tomoshabinni vitrina ekspozitsiyasini ko‘rib chiqishga majbur qilish uchun tovarlar va bezatish elementlarini to‘g‘ri joylashtirish va guruhlash zarur, bunda dekorativ san’atda qabul qilingan eng muhim kompozitsiya qoidalariga amal qilish kerak. Vitrinalarni bezatishda tovarlar va dekorativ elementlarni kompozitsion guruhlashning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilinadi. Birinchi tamoyil – muvozanatga amal qilish. Muvozanatning eng oddiy turi bu simmetriya hisoblanadi. Vitrina kompozitsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin: simmetrik va nosimmetrik, tekislikka oid va makonga oid.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling