A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


bo‘laklarga ajralmaydigan


Download 0.81 Mb.
bet91/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

bo‘laklarga ajralmaydigan – bu dekorator tomonidan vitrina ko‘rgazmasini bezatishda foydalaniladigan tayyor moslamalar;
yig‘iladigan va bo‘laklarga ajraladigan – dekorator qo‘ygan maqsad va vazifalarga qarab turli moslamalardan yig‘ilishi mumkin bo‘lgan detallar to‘plami.
Tayyorlash xarakteri bo‘yicha vitrina inventari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin.
Namunaviy inventar reklama kombinatlari yoki ustaxonalar tomonidan katta miqdorda ishlab chiqariladi. Qoidaga ko‘ra, u tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘ladi.
Individual inventar dekoratorning eskizi bo‘yicha bitta yoki bir nechta nusxada tayyorlanadi va muayyan vitrinani bezatishda qo‘llanadi.
Dekoratorlarning ishida turli xildagi takliklar muhim rol o‘ynaydi. Dekorativ tagliklarda sharf, kiyim-bosh, oyoq kiyimi kabi turli tovarlarni ko‘rsatish va ulardan jalb etuvchan uyg‘unlikdagi kompozitsiyalar yaratish mumkin. Tagliklardan vitrinada foydalanish imkoniyatlari xilma-xildir. Biroq vitrinani ularga to‘ldirib tashlamaslik kerak, chunki bu potensial xaridorlar e’tiborini tovardan chalg‘itadi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, tagliklar – faqat yordamchi inventardir. Tovarlarni vitrinada reklama qilishda tagliklar katta rol o‘ynaydi. Ular tovar bilan birgikda vitrinaning umumiy mazmunini tashkil qiladi, tartib kiritadi, shuningdek, qo‘yilgan u yoki bu namunani ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ularning yordamida tovarlar joylashtiriladigan maydon kengaytiriladi. Vitrina tagliklariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: ko‘zga tashlanmaslik, soddalik, tayyorlash uchun materiallar minimal sarfi, mustahkamlik, shuningdek, vitrina qutisi, tovar o‘lchamlari va xarakteri bilan to‘g‘ri nisbatda bo‘lish. Vitrinani bezatishda shuni yodda tutish kerakki, u faqat tovarlarni reklama qilish uchun mo‘ljallanadi. Vitrinada tovarni eng foydali tarzda ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan barcha yordamchi elementlar (bu erga tagliklar ham kiradi) to‘laligicha tovarga bo‘ysunishi lozim. Tagliklarning o‘zi xaridorning e’tiborini jalb qilmasligi lozim, shu sababli vitrinani bezatishda xaridorlar ko‘ziga tashlanmaydigan yoki ulardan yashirish oson bo‘lgan konstruksiyalar tanlash lozim. Vitrinada ishchi elementlar qanchalik kam ko‘rinadigan bo‘lsa, tovarga shunchalik ko‘p e’tibor qaratiladi.
Xaridorni birinchi navbatda, tovarning o‘zi qiziqtiradi, uning vitrinada qanday joylagani emas. Bundan kelib chiqib, tagliklar shakli eng soddalashtirilgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Konstruksiyalarda ortiqcha bezaklardan foydalanish ma’noga ega emas. Tagliklar engil va ixcham bo‘lishi uchun ularni tayyorlashda minimal miqdorda materiallardan foydalanish kerak. Birinchidan, bu ularga qarashda qulayliklar yaratadi, ikkinchidan, ularni vitrinada tez joylashtirish imkonini beradi. Katta va beso‘naqay tagliklardan foydalanish tovarni ijobiy tomondan ko‘rsatishga yordam bermaydigina emas, balki bunga xalaqit qilishi ham mumkin. Tagliklar tovar o‘lchamiga mos kelishi lozim. Katta yuzada kichik tovar namunalari chiroyli ko‘rinmaydi, katta tovarni kichkina joyda joylashtirish esa oson bo‘lmaydi.
Tagliklar qattiq konstruksiyali yoki ulardan turli konstruksiyalar yig‘ish mumkin bo‘lgan detallar elementlarini ifodalaydigan, bo‘laklarga ajratiladigan holda yasaladi. Qoidaga ko‘ra, tagliklar metall, organik oyna, silikat oyna yoki yog‘ochdan yasaladi. Bajaradigan vazifalariga ko‘ra tagliklar universal va maxsus turlarga ajratiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling