A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet89/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinalar tuzilishi. Vitrinalarni yaxshi bezatish shartlaridan biri vitrina oynasi tuzilishining to‘g‘ri bo‘lishi hisoblanadi. Vitrina oynalari alohida, devor teshigiga o‘rnatilgan yoki tashqariga olib chiqiladigan bo‘lishi mumkin. Do‘kon binosining old tomonini to‘liq oyna bilan yopish ham foydalaniladi. Konstruktiv jihatdan vitrina shakli va o‘lchami (bo‘yi, eni va chuqurligi) asosan vitrinaning joylashuvi va vazifalari bilan belgilanadigan quti ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘cha do‘konlari vitrinalari tuzilishida ko‘p narsa do‘kon joylashgan bino fasadining arxitektura echimiga bog‘liq bo‘ladi. Vitrinalar uchun maxsus mo‘ljallangan joylarga ega bo‘lgan eski me’morchilik binolarida vitrina qutilari devor teshigiga o‘rnatiladi, bu holatda ularning o‘lchami va shakli uning konfiguratsiyasi va gabariti bilan izohlanadi. Biroq, qoidaga ko‘ra, bunday binolarda oyna uchun mo‘ljallangan devor teshiklari oddiy oynalari takrorlaydi va ularda vitrina qutilarini joylashtirish uchun unchalik yaramaydi. Ba’zida butun do‘kon fasadi bo‘ylab bitta vitrina qutisi o‘rnatiladi. Bunday vitrina tasmali vitrina deb ataladi.
Odatda vitrinalar uchun maxsus joylar ko‘zda tutilmagan zamonaviy me’morchilik binolarida vitrina qutilari bino fasadining tayanch ustunlari oralig‘ida yoki joylashtiriladi tasma turidagi vitrina qutisi ustunlar qatori oldiga o‘rnatiladi. Zamonaviy savdo binolarida bir qator hollarda vitrina qutisi umuman mavjud bo‘lmaydi, buning o‘rniga to‘liq oynalangan fasad devor («ochiq fasad») do‘kon savdo zalining intererini o‘ziga xos vitrinaga aylantiradi. Vitrina qutilariga qo‘yiladigan asosiy talab shundaki, ular gorizontal bo‘yicha cho‘zilgan to‘rtburchak shakliga ega bo‘lishi lozim. Baland va tor, shuningdek, tepa qismi yumaloqlangan vitrina qutilari vitrina jihozlarini joylashtirish va bezatishda ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. Vitrina qutisining balandligi 2,5-3 metr, kengligi esa – mos ravishda 4-5 metrdan oshmasligi lozim. Tasmasimon vitrinalar istisno bo‘lib, ularning balandligi shunday bo‘lgani holda eni (aniqrog‘i – uzunligi) bir necha o‘n metrni tashkil qilishi mumkin. Har qanday vitrina qutisi, uning tuzilishi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, pol, ikkita yon devor va shiftga ega bo‘ladi. Vitrinaning ekspozitsion maydonchasi bo‘lib xizmat qiladigan pol tekis bo‘lishi lozim. U yaxlit bo‘lishi yoki bir nechta plitadan iborat bo‘lishi mumkin.
Vitrina devorlari silliq bo‘lishi lozim. Devorlar bo‘yalgan, elimqog‘oz yopishtirilgan, turli materiallar yoki matolar qoplangan bo‘lishi mumkin. Vitrina qutilari devorlari sirtini qoplash uchun karton, fanera, plastik, keramik plitalar, shisha, yog‘och-qirindi plitalar foydalaniladi. Pardoz berish usuli, shuningdek, vitrina poli va devorlarini bezash uchun materiallar reklama qilinayotgan tovar xususiyatlariga, vitrina qutisi o‘lchami va tuzilishiga, vitrinani bezashning badiiy g‘oyalariga qarab tanlanadi. Oziq-ovqat tovarlari vitrinalarini ochiq rangli va oson yuviladigan materiallar bilan qoplash yoki moybo‘yoq bilan bo‘yash afzalroq. Vitrina qutisi tuzilishining muhim elementi – oyna solishdir.
Vitrinalarga oyna solishning bir nechta usuli qo‘llanadi: oyna solishning shkaf turi; juftlab oyna solish; romlarni qiyaroq joylashtirgan holda juftlab oyna solish; ekspozitsion oynali ochiladigan tashqi romli shkaf turida oyna solish. Oyna solishning shkaf usulida tovar ekspozitsiyasi ekspozitsion va ekran oynasi oralig‘ida joylashtiriladi. Juftlab oyna solishda ekspozitsion maydon bevosita rom ortida, savdo zali tomonda o‘rnatiladi. Zamonaviy vitrinalarda ingichka metall romda katta hajmli ko‘zguli oynalardan foydalaniladi. Tasmasimon vitrinalarda alohida oyna qismlari o‘zaro vertikal metall ustunlar yordamida birlashtiriladi.
Vitrinalarni yoritish zaruriy darajasini aniqlashda pol va devorlar rangi va bezalishi, vitrina hajmi e’tiborga olinadi. Shuningdek, tovarlarning ekspozitsiya maydonida joylashishi, ularning rangi, o‘lchami, shakli va h.k. ham muhim ahamiyat kasb etadi. Do‘kon joylashgan ko‘chaning yoki savdo zalining umumiy yoritilganligi hisobga olinadi: ko‘cha yoki savdo zali qanchalik yaxshi yoritilgan bo‘lsa, vitrina yoritilganligi ham shunchalik yuqori bo‘lishi lozim.
Vitrinalarni to‘g‘ri yoritish uchun yorug‘lik manbalarini shunday joylashtirish kerakki, ular odamlarning ko‘zini qamashtirmasligi va tovarlarni ko‘rib chiqishga xalal bermasligi lozim. Shu sababli vitrinada joylashtirilgan yorug‘lik manbalari to‘silgan bo‘lishi lozim. Ba’zida vitrina shiftiga osilgan lampalar ochiq qoladi, lekin bu holatda oynaning yuqori qismi yarim shaffof bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Vitrinada to‘g‘ri tashkil qilingan yorug‘lik oqimi xaridorlarning asosiy e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan tovarlarni ko‘rishga, rangi to‘qroq predmetlarni yoritishni kuchaytirishga, kerakli soyalar hosil qilishga va nihoyat, elektr energiyasi sarfini kamaytirishga imkon beradi. Yorug‘lik manbalari vitrinaning old qismida (ko‘cha tomonidan) joylashtiriladi. Aks holda ayrim tovar o‘z soyasida qolib ketadi va yaxshi ko‘rinmaydi. Vitrinaning barcha qismlari bir tekisda yoritilishi uchun bitta katta quvvatli lampa emas, balki bir nechta kichik quvvatli lampalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, vitrina oynasi romining yuqori qismiga mustahkamlab qo‘yilgan oynali qaytargich bilan cho‘g‘lanma lampalar juda yaxshi samara beradi. SHakli bo‘yicha turlicha bo‘lgan nur qaytargichlar vitrinada o‘rnatilgan lampalardan chiqadigan yorug‘lik oqimidan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi. Bunday nurqaytargichlar yordamida yorug‘lik oqimini turlicha taqsimlash mumkin. Masalan, qo‘ng‘iroqsimon nur qaytargich ancha katta maydonga bir tekisda yorug‘lik tarqatadi. SHu sababli u keng vitrinalarda qo‘llanadi. Bir tomonga qiya bo‘lgan nurqaytargich yorug‘likni vitrinaning ichkarisiga yaxshi aks ettiradi va chuqur vitrinalarni yoritish uchun foydalaniladi.
Tashqi vitrinalarda yoritilganlik darajasi doimo do‘konning o‘zidagidan ko‘ra balandroq bo‘lishi kerakli sababli vitrinalarni yoritish uchun lyuminessent lampalardan foydalanish maqsadga muvofiq. ularning ko‘chadan ko‘rinib turmasligi uchun odatda vitrina oynasi romining yuqori va quyi qismiga biriktirib qo‘yiladi. Lyuminessent lampalar vitrina shiftiga osib qo‘yilishi ham mumkin. Bu holatda ushbu lampalar yog‘och, tunuka, oyna yoki plastikdan yasalgan ekran yoki soyabonlar yordamida yashiriladi. Lyuminessent lampalarni shift bo‘ylab bir necha qator joylashtirgan holda vitrinani yaxshi yoritishga erishish mumkin. Pastdan oynali yoki panjarasimon tarqatgichlar bilan to‘silgan bunday lampalar vitrina shiftining yorug‘lik oqimini hosil qiladi. Xuddi shu tarzda vitrina polini ham yoritish mumkin.
Vitrinada faqat bitta tarqatiladigan yorug‘likdan foydalanish vitrina ekspozitsiyasini soyasiz, zerikarli qilib qo‘yadi, tovarlarning fakturali xususiyatlarini idrok qilishga xalal beradi. SHu sababli, umumiy yoritishdan tashqari, vitrinalarda alohida tovarlarni yoritish uchun chiroqlardan foydalaniladi. Bunday pastdan yoritish shisha va billur idishlar, parfyumeriya va boshqa ayrim tovarlarni namoyish etishda foydalaniladi. Ba’zida buning uchun maxsus moslamali projektor qo‘llanib, unda ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng projektor nuri oldiga o‘rnatilgan rangli shishalar almashib turadi. Vitrinaning pastki qismida joylashtirilgan yorug‘lik manbalari va chiroqlar ekran yoki nur tarqatgichlar bilan shunday himoya qilingan bo‘lishi lozimki, ochiq yorug‘lik manbalarining yonib turadigan yuzalari 1,8 metrgacha balandlikdagi hududdan ko‘rinmasin. Agar vitrina savdo zali tomonidan yopiq bo‘lsa va faqat ko‘cha tomonidan ko‘rinib turadigan bo‘lsa, umumiy yuqoridan va pastdan yoritishdan tashqari yon tomondan yoritish ham ko‘zda tutilishi lozim, bunda yorug‘lik manbalari tovarlarni ko‘rib chiqish paytida odamlar nigohidan panada bo‘lishi kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling